KACH RANN
KACH RANN, Katta va Kichik — Hindiston gʻarbi va Pokistondagi shoʻrxoklar, Xind daryosi deltasidan jan.-sharkda. Aksari qismi qora balchiq va tuzlar bilan qoplangan yassi pasttekislik. Eng baland joyi 465 m boʻlgan qoldiq togʻlar uchraydi. Yozgi musson davrida shoʻrxoklarni Arabiston dengiziga quyiladigan daryolar suvi bosadi.
Ensiklopediya.uz
KACH RANN