KЕTO-DIYETA NIMA?
KЕTO-DIYETA NIMA? Hozirda, keto-diyeta dunyo bo‘ylab ommalashib bormoqda, ho‘sh bu diyeta o‘zi nima? Keto-diyeta — kam uglevodli diyeta bo‘lib, ovqatlanish ratsioni asosan yog‘li va oqsilli mahsulotlardan iborat bo‘ladi. Bu diyeta dastlab qondagi keton tanachalari darajasini oshirish orqali bolalarda epilepsiyani davolashda ishlatilgan. Keto-diyeta insulin rezistentligi va 2-tip diabetni hamda semizlikni davolashda muvaffaqiyat keltirgan va ta’siri nafaqat uglevodlarni kamaytirish, balki ketonlardan biri bo‘lgan beta-gidroksibutiratni birlashtirish orqali ham erishilgan. Bundan tashqari, beta-gidroksibutirat grelin — ochlik gormoni va to‘yinganlik haqida signal beruvchi neyromediator — xoletsistokinin ishlab chiqarishga ta’sir qiladi. Shu sababli, keto-diyetada to‘yganlik hissi kam ovqat yeganda ham paydo bo‘ladi va uzoq davom etadi. Keto-diyetani yana bir asosiy afzalligi — ketoz semirishda vazn yo‘qotishiga yordam beradi. Bu diyetada organizm uchun yoqilg‘i vazifasini uglevodlar emas, balki yog‘lar bajaradi, shu sababli yog‘larni intensiv parchalanishi kuzatiladi.KЕTO-DIYETA NIMA?
DO`STLARGA ULASHING:
KЕTO-DIYETA NIMA?