KАSB-HUNАR TАNLАSHDА PSIXОLОGNING О`RNI HАMDА KАSB PSIXОLОGIYАSINING АHАMIYАTI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»
bo’lgan dehqonlar, chorvadorlar, savdogarlar, tabiblar haqida ham muhim
Kasbiy psixologiya kitob
JISMONIY TARBIYA VA SPORT BO‘YICHA MUTAXASSISLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
Institut saytiga o’tish
ELEKTRON KUTUBXONA
KASBIY PSIXOLOGIYA
Nashriyot: OzDjti, 2016 yil
Kasbiy psixologiya” kkasb psixologiyasi fani bilan tanishtirish, ularga kasbiy faoliyatida zarur bo‘ladigan kasb psixologiyasiga oid bilimlarni berish, kerakli o‘quvlarni shakllantirish va ko‘nikmalarni hosil qilishdir. Kursning asosiy vazifalariga bakalavrlarni pedagogik faoliyatning ta’lim va tarbiya yo‘nalishlarida shaxsning o‘z qobiliyat va iqtidorini o‘stirish yo‘llariga o‘rgatish; pedagogik jamoalardagi faoliyatda o‘quvchi shaxsiga psixologik ta’sir ko‘rsatish. kasb psixologiyasi fanining nazariy- metodologik va tabiiy-ilmiy asoslarini o‘rganish; umumfalsafiy bilish tamoyillari – umumiy o‘zaro aloqadorlik, taraqqiyot, determinizm hamda psixologik tadqiqot tamoyillaridan hisoblangan sistemali va shaxsga yondoshuvning o‘ziga xosligini o‘zlashtirish; kasbiy psixodiagnostik jarayon asoslarini, shaxsning xususiyatlarini, psixik holatini, muomala va tasavvurning qonuniyatlarini o‘zlashtirish; shuningdek, kasb tanlash, kasbga yo‘naltirish, kasbiy kamolotga doir psixologik konsepsiyalarni o‘rganishdan ibora
27_KASBIY-PSIXOLOGIYA.pdf [5,24 Mb]
Copyright © 2019, Institut Barcha huquqlar himoyalangan.
KАSB-HUNАR TАNLАSHDА PSIXОLОGNING О`RNI HАMDА KАSB PSIXОLОGIYАSINING АHАMIYАTI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»
Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Tоyevа Shаhzоdа Istаm Qizi
Аnnоtаtsiyа: Mаqоlаdа kаsb tа’limi vа kаdrlаr tаyyоrlаshdа kаsbiy psixоlоgiyаning о‘rni, аhаmiyаti, vаzifаlаri tаhlil qilingаn, tа’lim tizimidаоlib bоrilаyоtgаn islоhоtlаr jаrаyоnidа psixоlоgiyаning kаsb tаnlаshdаgi аhаmiyаti осhib berilgаn.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по психологическим наукам , автор научной работы — Tоyevа Shаhzоdа Istаm Qizi
KАSB-HUNАR TАNLАSHDА PSIXОLОGNING О`RNI HАMDА KАSB PSIXОLОGIYАSINING АHАMIYАTI
INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TASHXISLASH ASOSLARI
BOSHLANG’ICH TA’LIM O’QUVCHILARINI KASBGA YO’NALISHTIRISHDA DASTLABKI PEDAGOGIK JARAYONLAR
Boshlang’ich ta’lim о’quvchilarini kasbga yо’naltirishda dastlabki pedagogik jarayonlar
Maktab o’quvchilarini kasbga yo’naltirishning ayrim jihatlari haqida
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Текст научной работы на тему «KАSB-HUNАR TАNLАSHDА PSIXОLОGNING О`RNI HАMDА KАSB PSIXОLОGIYАSINING АHАMIYАTI»
WWW REANOPUB UZ
Go gle Яндекс maifl
KASB-HUNAR TANLASHDA PSIXOLOGNING ORNI HAMDA KASB PSIXOLOGIYASINING AHAMIYATI
Buxoro viloyati Peshko’ tumani ¡7-umumta’lim maktabi amaliyotchi-psixologi To’yeva Shahzoda Istam qizi
Annotatsiya: Maqolada kasb ta’limi va kadrlar tayyorlashda kasbiy psixologiyaning o’rni, ahamiyati, vazifalari tahlil qilingan, ta’lim tizimidaolib borilayotgan islohotlar jarayonida psixologiyaning kasb tanlashdagi ahamiyati oсhib berilgan.
Kalit so’zlar: kasb, islohotlar, psixologiya, kadrlar tayyorlash, kasbiy psixo- logiya, ta’lim jarayonlari va kasb psixologiyasi.
Ma’naviy komil insonlar ta’lim-tarbiya olish hamda bu ta’lim va tarbiyani yanada boyitishlari, amaliyotga tatbiq eta olishlari bilan ajralib turadilar. Ta’lim- tarbiya insonda ma’lum bir kasb-hunarga qiziqish, shu kasb orqali o’z hayotini tuzish, kelajagi uchun zarur bo’lgan manbalarni vujudga keltirishni shakllantirib boradi. Insoniyat paydo bo’libdiki, u har doim o’zini boqish, ehtiyojlarini va manfaatlarini qondirishga harakat qilgan va hozirda ham shu yo’ldan bormoqda. Inson o’z ehtiyojlarini eng avvalo, oziq-ovqat, boshpana, kiyim-kechaklarga bo’lgan ehtiyojlarni qondirishdan boshlagan.
Insoniyat hayot faoliyati uchun zarur bo’lgan ehtiyojlarni qondirish davomida yangi kasblar ham paydo bo’lib bormoqda. Dunyoda 60 ming (qiyoslash uchun Rossiyada 20 ming), O’zbekistonda 6 mingdan ziyod kasblar mavjud. Shuni aytish kerakki, kasb-hunar va uning egalari azaldan xalqimiz tomonidan e’zozlanib kelingan. O’zbekistonda hozirda bilimdon, o’z kasbini yaxshi egallagan, mustaqil fikrlovchi, o’z kasbiga ijodiy yondashuvchi, yuqori malakali, madaniyatli, izlanuvchan, intiluvchan mohir ustalar, kasb egalari ko’proq talab qilinmoqda. Shunga asosan, O’zbekiston Respublikasida mutaxassis
WWW REANOPUB UZ
kadrlar tayyorlash masalasi dolzarb va katta e’tibor berilayotgan masaialardan biri bo’lib turibdi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
Hozirgi kunda O’zbekistonda yoshlarning kasb-hunar egasi bo’lishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilgan. Yoshlar bu jamiyatning kelajagi, ularni o’zlari qiziqqan kasblarni egallashi, hayotda o’z o’rinlarini topa olishlari zaruriy jarayon hisoblanadi.
Kasb-hunarli bo’lish inson uchun zarur bir ehtiyoj ekanligini buyuk avlodlarimiz o’z asarlarida aytib o’tganlar. Misol uchun, Kaykovus o’zining «Qobusnoma» asarida shunday yozadi: «Bas, agar aqling bo’lsa hunar o’rgang’il, nedinkim hunarsiz aql – boshsiz tan, suratsiz badandekdir. Ey farzand, ogoh bo’lki, hunarsiz kishi hamisha foydasiz bo’lur va hech kishiga naf yetkurmas»1.
Hozirda o’sib kelayotgan yoshlar o’z qiziqishlaridan kelib chiqib minglab kasblar ichidan o’zlari uchun qiziqarli bo’lgan kasbni tanlab olishlari va o’z hayotlarini mazmunli, yaxshi o’tkazish uchun intiladilar. Ularga bu kasblarni tanlashlarida kasb psixologiyasining o’rni va ahamiyati juda katta.
Izlanuvchi yoshlar kasb-hunar va uni egallash hayotlari, kelajaklarini hal qiluvchi omil ekanligini bilib boradilar. Shulardankelib chiqib, kasb – bu inson hayoti uchun zarur bo’lgan, jamiyatdagi huquqiy me’yorlarga javob beradigan, insonning kelajagini belgilab beradigan o’ziga xos murakkab jarayon, deb belgilashimiz mumkin. Kasb – bu insonning ma’lum bir ehtiyojlarini va manfaatlarini o’zi tanlagan kasb faoliyatidagi bilimlari, layoqati, malakalariga xos xususiyatlari orqali namoyon bo’lishidir. Kasbga xos bo’lgan jarayonlar, ularni egallash, tanlash inson psixologiyasi bilan bog’liq. Kasb psixologiyasi aynan shunday murakkab jarayonlarni o’rganish orqali yoshlarni o’zlari qiziqqan kasbga yo’nalish beruvchi fan hisoblanadi.
Har bir kasbning o’ziga xos tomonlari, insonlarni o’ziga jalb qila oladigan qirralari mavjud bo’lib, inson bu jarayonlarni kuzatib borib, shu kasbni egallashga intiladi. Bu
1 Kaykovus. Qobusnoma. – T.: «Istiqlol», 1994 y. -26-b.
WWW REANOPUB UZ
jarayonlarda inson o’zining ruhiyati bilan shu kasbga xos bo’lgan psixologik tomonlarni ham shakllantirib boradi.
Kasb tanlashga o’quvc hini aqlan va ruhan tayyor l ash
Kasbning ta’rifi va tabiati haqida bilim berish
Qiziqish tushunchasini ochib berish va o’quvchining qiziqishini aniqlash
Qobiliyat tushunchasini ochib berish va o’quvchidagi qobiliyatni aniqlash
Kasb Ilovalar asosida
tanlovini kasb tanlovini
oshirish va tariqasida
algoritmini amalga oshirish
1-rasm. Kasb tanlash ketma-ketligi2
Yoshlarning kasb tanlashlari maktabdan boshlanadi. Bunga ularni tayyorlab borish zarur bo’ladi. Buni psixolog olim Anvar Jalolov o’zining «Kasb qanday tanlanadi» kitobida 1-rasmdagi kabi ko’rsatib berdi.
Bu rasmdan ko’rinib turibdiki, yoshlar kasb tanlashlarida ma’lum bir bosqichlarni bosib o’tadilar. Xilma-xil va qiziqarli kasblarni tanlashning asosiy maqsadi yaxshi yashash va yaxshi kasbni tanlash hisoblanadi. O’zi uchun qiziqarli bo’lgan kasb insonni har doim o’z ustida ishlashga, uni yaxshiroq bilishga undaydi. Anvar Jalolov insonda kasb tanlash jarayonini 2-rasmdagidek belgilaydi.
Insonda ma’lum kasb, uni egallashga havas, mayl, orzu, ishtiyoq, hafsala bo’lmasa, u hech qanday kasbni egallay olmaydi. Insondagi shu jarayonlar odamning o’z kelajagini to’g’ri anglash, tushunishga olib keladi. Unda istak, xohish paydo bo’ladi. Bular bolada ma’lum bir maqsadning shakllanishi va bu yo’lda iroda kuchini sarf qilishga olib keladi. Irodali inson o’z maqsadi sari intiladi va orzu- havaslariga erishadi. Bunda bolada paydo bo’luvchi havas atrofdagi insonlarni kuzatish orqali, ularga aytilgan maqtov so’zlarni tinglash va ularning mahoratiga qoyil qolish, bu insonlarning bilimdonligi, qo’llaridan ko’plab ishlar kelishini kuzatishi unda shu insonlarga o’xshashga havasni uyg’otadi. Unda orzu, armon, tilak, ishtiyoq va hafsala paydo bo’ladi. Bu jarayonlar bolada uyg’onayotgan
Jalolov A. Kasb qanday tanlanadi. – T.: «Yangi asr av- lodi», 2010. -9-b.
WWW REANOPUB UZ
Go glc flHfleKC maifl
ehtiyojlar va manfaatlar bilan bog’liq bo’lib, uning o’z oldiga qo’ygan maqsadlarini amalga oshirishning hissiyotlari, irodalari bilanbog’liq jarayondir.
Katta bo’lib borayotgan bolada havas hissi paydo bo’ladi. Kasbga nisbatan olganda bolani shu kasbga qiziqishi, intilishi, mayli, xohishi, istagi va orzusi bo’lib ko’zga tashlanadi. Bu yo’lda bola o’ziga biror kasbni tilab, shu kasbni egallashga bo’lgan intilishi sodirbo’ladi. Agarda bola o’z tilaklarini hafsala bilan amalga oshirmasa, harakat qilmasa, bu armon va orzu bo’lib qoladi.
Yoshlarni kasb tanlashlari yo’lidagi bundayjarayonlarni o’rgangan psixolog olim inson ning anglash darajasiga ko’ra kasb tanlashdagi hislariga quyidagicha ta’rif bergan3.
Yaxshi kasb tanlash uchun kerak bo’lgan ji- hatlar 3-rasmdagi kabi ko’rsatilishi mumkin.
Kasb va kasbiy psixologik jarayonlar kasb tanlovchidan quyidagilarni talab qiladi4:
• kasb tanlashga kerak bo’lgan idrok, xohishning mavjud bo’lishi;
• o’z maqsadi va manfaatini to’g’ri anglab olgan bo’lishi;
• kelajagi haqidagi tasavvurlarning bo’lishi.
XULOSA VA MUNOZARA
Yuqorida tahlil qilgan fikrlarimiz kasb psixologiyasi bu o’ziga xos murakkab va doimiy inson-kasb o’rtasidagi bo’ladigan munosabatlarni o’rganib boruvchi jarayon ekanligini tasdiqlaydi. Kasb psixologiyasi insonni o’z faoliyati davomida kerak bo’lgan, uni doimo qiziqtirib kelayotgan kasb yo’nalishlariga yo’llab turadi. O’sib kelayotganyoshlarga maslahatlar berish, ularni kasbga yo’llash, kasblar haqida bilimlar berish, malakalarini oshirishga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish, attestatsiyalash, o’z kasbining ustasi bo’lib yetishishlarida ularga yordam berish kabi ko’plab amaliy ishlarni bajarib boradi.
Bulardan tashqari, kasbni insonga qo’yadigantalablari ham borki, kasb psixologiyasi bu masalalar bilan ham keng shug’ullanishi zarurbo’ladi. Bu talablar ob’ektiv bo’lib, ularni
3 Jalolov A. Kasb qanday tanlanadi. – T., «Yangi asr av- lodi», 2010. -18-b.
4 XoMHrHTOBa, H. (2014). Hннoвaцнoн TexHonorHH^ap-TaMHM Ba Tapôna ^apaëH^apHHHHr CH^aT Ba caMapagop^nra
qmhjh CH^aTHga. CoBpeMeHHoe o6pa3oBaHHe (y36eKHcraH), (1), 22-25.
WWW REANOPUB UZ
Go gle Яндекс maifl
inson o’zgartira olmaydi. Kasb qo’yadigan talablar, birinchidan, kasb bilan bog’liq jarayonlar bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchidan, jamiyat uchun zarur bo’lgan talablar bilan bog’liq bo’ladi. Lekin bular insonning ishtiroki va ta’siri ostida shakllangandir. Kasblarning shakllanishi va rivojlanishi texnika sohasidagi taraqqiyot va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan bog’liq bo’ladi.Bu esa ko’plab kasblarning paydo bo’lishiga olib keladi.
Kasb va kasbiy psixologiya o’zining tadqiqot sohasi bilan eng muhim amaliy ishni hayotga tatbiq etib boradi. Kasb psixologiyasi inson va kasb o’rtasidagi munosabatlarni o’rganish orqali insonni kasbga tayyorlaydi, uning imkoniyatlari va qiziqishlarini o’rganish orqali unga ma’lum bir kasblar haqida bilimlar va o’ziga qiziq tuyulgan kasbni egallashga yo’l-yo’riqlar berib boradi. Bu kabi ko’plab misollar, ya’ni insonni kasbga o’rgatish, kasbga xos bo’lgan xulq-atvorlarni singdirish insoniyat tarixida ko’plab uchraydi. O’sib kelayotgan yosh avlod, uning kasbni egallashi masalalari katta avlodni har doim qiziqtirib kelgan va hozirda ham bu masala dolzarb masalalar qatorida turadi.
ADABIYOTLAR RO YXATI
1. Kaykovus. Qobusnoma. – T.: «Istiqlol», 1994. -26-b.
2. Jalolov А. Kasb qanday tanlanadi. – T., 2010. -62-b.
3. Mahmud Hasaniy. Odob bo’stoni va axloq gulistoni. – T.: «Fan», 2014 y. -20-b.
4. Хoлйигитoвa, Н. (2014). Иннoвaциoн технoлoгиялaр-тaълим Ba тэр6ИЯ жaрaёнлaрининг сифaт Ba сaмaрaдoрлиги омили сифaтидa. Современное oбрaзoвaние (Узбекистaн), (1), 22-25.
5. TypaeBa, Д. Р. (2014). Фaктoры, определяющие индивидувльнопсихологические особенности личности педaгoгoв профессионэльного кoлледжa. Современные гумaнитaрные исследoвaния, (3), 118 -121.
6. Аkhmedova, M. T., Narmetova, Y. K., Nurmatova, I. T., & Malikova, D. U. K. (2022). Сommuniсative Сompetenсe Formation in Future Teasers Based on an Integrated Approa^. International Journal of Multiсultural and Multireligious Understanding, 9(4), 54-60.
Kasbiy psixologiya
kasblarga doir qo‘llanmalar, tarqatma materallar bilan ta’minlash lozim.
Shundagina kasb tanlash jarayonida yuzaga keladigan turli qiyinchilik, ziddiyat,
to‘siqlarni oldini olgan holda o‘quvchi-yoshlarni ongli ravishda kasbga yo‘llash
KASB PSIXOLOGIYASINI SHAKLLANISH TARIXI
shakllanishida bir qancha siyosiy, iqtisodiy va ilmiy-tadqiqiy sabablarning o‘rni
muhim hisoblanadi. Ular sirasiga quyidagi sabablarni keltirib o‘tish maqsadga
1. Totalitar jamiyat sharoitida kishilarning individual psixologik
xususiyatlari inkor etilgan. Asosiy e‘tibor ishlab chiqarish vazifalarini yechish
uchun zarur bo‘lgan ishchilarni tayyorlash bilan bog‘liq ijtimoiy buyurtmani
bajarishga qaratilgan. Siyosiy vaziyatning o‘zgarishi, mafkuraviy qarashlarning
ommalashuvi natijasida mustaqil ishbilarmonlik faoliyati bilan shug‘ullanish
imkoniyatining paydo bo‘lishi-mehnatga nisbatan ongli munosabatlarni
shakllanishiga olib keladi. Bu esa ishchilarning kasbini o‘zgartirishga majbur
bo‘lganda yangi ish joyini qidirish, o‘zining raqobatbardoshligini tasdiqlash
uchun xulq-atvorining o‘zgarishiga olib keladi. Rossiyadagi siyosiy va
mafkuraviy erkinliklar ishchilarda ikkilanish va psixik zo‘riqishni keltirib
chiqaradi. Ishlab chiqarish munosabatlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi,
og‘ir sharoitlarni o‘zgarishi, ishchilarda stress holatini keltirib chiqaradi. Chunki
ular birdaniga o‘z kasbiy hayotlari uchun ma‘sul bo‘lib qoladilar. Mehnatga
layoqatli aholi uchun dolzarb masalalardan biri bu kasbiy hayot ssenariysini
tanlash, kasbiy rivojlanish, ishsizlik muammosi bo‘lib qoldi. Ammo bu
muammolarni yechimini topishning imkoniyati yo‘q edi. O‘z navbatida bu
kishilarda bir-birini psixologik qo‘llab-quvvatlash va bir-biriga ko‘maklashish
ehtiyojini yuzaga keltiradi. Shunisi ahamiyatliki, psixologiyaning hech bir
yo‘nalishi bu muammolar bilan shug‘ullanmaydi, bu esa o‘z navbatida mazkur
muammolarni o‘rganish uchun yangi bir sohaga, ya‘ni kasb psixologiyasining
shakllanishiga olib keladi.
2. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish va undagi o‘zgarishlar, ya’ni dastlabki
paytlarda iqtisodiy vaziyatlar bir maromda kechayotgan edi. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida yuqori malakali kasbiy jihatidan yetuk raqobatbardosh ishchilarga
zaruriyat sezilmoqda. Bu esa kasb tanlash, kasbiy layoqatni aniqlash, kadrlar
faoliyatini baholash va attestasiyadan o‘tkazish, kasbiy rivojlanish yo‘llarini
belgilash, ishchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalariga e‘tiborni
qaratish lozimligini anglatadi. Shuning natijasida korxona va tashkilotlarda
ishchilar uchun rivojlanish bo‘limlari paydo bo‘ladi. Psixologiya fani doirasida
shaxsning kasb bilan hamkorligi yuzasidan ko‘p tomonlama tadqiqotlar olib
boriladi. Asosan bu muammolar mehnat psixologiyasi, pedagogik psixologiya va
yosh davrlar psixologiyasi fanlari tomonidan o‘rganilgan. Bu muammolar
yechimining metodologik jihatdan asoslanishi psixologiya sohasida olib borilgan
fundamental ishlarda aks etgan;
Faoliyatning psixologik nazariyasini yaratilishi kasbiy faoliyatga doir
tadqiqotlar uchun nazariy asos bo‘ladi. Shaxs borasidagi differensial psixologik
konsepsiyaning rivojlanishi, kasbiy tanlov, kasbiy maslahat, kasbiy moslashuv
professionalizasiyaga doir muammolarni hal qilish uchun asos bo‘ldi. Mehnat
psixologiyasi kasbiy layoqat, kasbiy diagnostika, kasbiy ko‘nikma va
malakalarning shakllanishi masalalarini o‘rganadi.
Yosh davrlar psixologiyasi shaxsiy va kasbiy rivojlanishi, kasbiy o‘zlikni
anglashdagi inqirozlarning psixologik xususiyatlari va kelishmovchiliklari
masalalarini o‘rganadi. Ta’kidlash mumkin-ki, insonning kasblar olami bilan
hamkorligi to‘planib, psixologiyaning turli sohalarida o‘rganilib borilgan.
Bugungi kunga kelib, bu bilimlarni bitta ilmiy yo‘nalishi – kasblar psixologiyasini
shakllantirish uchun sharoit yaratiladi. Shunday qilib, 1990- yillar boshida
siyosiy, iqtisodiy va ilmiy sabablar tufayli psixologiyaning yangi sohasi-kasblar
psixologiyasi vujudga keldi.
Kasblar psixologiyasining mustaqil fan sifatida shakllanishini 3-bosqichini
1. XIX-asrning oxirida mehnatni ilmiy tashkillashtirishning psixologik
masalalarini hal qiladigan psixotexnika yo‘nalishini paydo bo‘lishi, shuningdek,
psixotexnika taraqqiyotining asosiy masalalari bu mehnat sharoitlari va shu
usullarini rasionalizasiya qilish, avariya va shikastlanishni kamaytirish, ishlab
chiqarish ta‘limining shakllanishi masalalariga e‘tiborning kuchayishdir.
2. XX-asr boshlarida mustaqil ilmiy soha mehnat psixologiyasining
rivojlanishi va bu boradagi kasbiy tadqiqot masalalari, inson psixologiyasining
mehnatda namoyon bo‘lishi va shakllanishi shuningdek, kasbiy tanlov, kasbiy
maslahat va mehnat ekspertizasi masalalariga doir bilimlarni yuzaga kelishi.
3. XX-asrning 70-yillarida inson va kasb hamkorligi muammolarining hal
qiluvchi mehnat psixologiyasi va industrial psixologiyadagi vazifalarning paydo
bo‘lishi, mehnat psixologiyasining bu sohasi profpsixologiya yoki kasblar
psixologiyasi deb nomlana boshladi. Kasb psixologiyasi doirasida kasbiy
maslahat, kasb tanlash, va kasbshunoslik bo‘yicha tadqiqotlar birlashtirilgan.
Mustaqil ilmiy fan sifatida kasb psixologiyasi yuzaga keldi va bu AQSHlik
olimlar J. Krites va D. Super ishlarida ko‘zga tashlangan.Ammo chet el tajribasi
asosida to‘plangan ma‘lumotlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish imkoniyati
bo‘lmaydi. O‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar va ijtimoiy madaniy an‘analar
yurtimizda o‘zimizga, millatimizga xos milliy kasb psixologiyasining
rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda. Kasb psixologiyasiga taxminan XX-asrdan
boshlab asos solinib kelingan. Bunga ko‘proq insonlarni o‘z qobiliyatlari,
ehtiyojlari, hohish, istaklari, imkoniyatlari, individual xususiyatlari va
hokazolarni hisobga olmagan tarzda kasblar olami haqidagi bilimlarga ega
bo‘lmaganliklari natijasida qaysidir ma‘noda ongsiz ravishda kasb tanlashlariga
Biroq keyinchalik rus psixologi E. A. Klimov o‘z tadqiqot ishlarida aynan
shu masalaga, ya‘ni ―kasb tanlash‖, ―kasbga yo‘naltirish‖ kabi masalalarga
e‘tiborini qaratib, bu borada tadqiqot ishini olib borgan. Xususan, misol sifatida
Differensial diagnostik so‘rovnoma (DDS) metodikasini ishlab chiqqan.
YE.A.Klimovdan tashqari ham ko‘p chet el olimlari bu masala bo‘yicha ish olib
borganlar. Asta-sekin jamiyatda kasb tanlashga nisbatan ongli yondoshishlar
kuzatila boshlandi. Ya‘ni ularning barchasi kasb psixologiyasining shakllanishiga
Kasb psixologiyasining ajralib chiqishi hozirgi kunda shaxsning kasbiy
mehnatga o‘rganib ketishi emas, balki alohida kasbiy bilim, ko‘nikma va malaka
hamda umuman kasblar olamiga kirib borishiga asoslanadi. Kasb psixologiyasi
shaxsning kasbiy jihatdan shakllanishini o‘rganadi. Bunda shaxs rivojlanishi
kasbiy shakllanishi sifatida ko‘rib chiqiladi. Kasb psixologiyasi-mehnat
psixologiyasining kasblarni psixologik komponentlarini yoki muayyan kasbda
ishlovchilarga nisbatan qo‘yiladigan psixologik talablarni o‘rganish hamda ilmiy
tahlil hilish bilan shug‘ullanuvchi bo‘limidan iborat. Mutaxassislikning turli
ijtimoiy – madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida kasbiy xulq muhim
ahamiyatga ega. Shaxsning psixomotor motivasion va kognitiv sifatlariga e‘tibor
berilgan holda kasbiy yutuqlarga asosiy e‘tibor qaratiladi. Inson va uning kasbi
o‘rtasidagi, shuningdek, kasbiy vazifasi va kasblar olami tuzilmasi o‘rtasidagi
munosabatlar tahlil qilinadi. Kasb psixologiyasi inson uchun kasbiy faoliyatning
ahamiyatini o‘rganib, shaxsning kasbiy shakllanishini tadqiq etadi, shuningdek,
yoshlikda kasbiy tasavvurlarni rivojlanishini, kasbiy etuklik determinantalarini
ayniqsa, kasbga kirishish va uning hayotga bo‘lgan ta’sirini o‘rganadi. Kasb
psixologiyasining muhim aspektlari – bu kasbiy faoliyatning tahlili, kasbiy
maqsadlar, vaziyatlar, qiyinchiliklarini o‘rganishi, kasbiy talablarni aniqlashdan
Xorijiy manbalarda ham insonning kasbdagi faoliyati va xulq-atvori
maydoni o’ziga xos holda belgilanib, ―kasb to’qimasi‖ yoki ―mental xarita‖ deb
atalgan. ―Mental xarita‖ – kasbiy faoliyat maydonining mutaxassis joylashishi
mumkin bo’lgan ichki olami hisoblanadi. Kasbiy faoliyat maydoni tarkibidan
kasbiy sohadagi anchagina barqaror ta‘lim, kasbning tavsiyanomasi, uning
qo’llanish sohasi, aniq ishchi o’rniga nisbatan yashovchanligi o’rin olgan.
K.Farrenning qarashlariga tayanib aytish mumkinki, talabalar mutaxassis
sifatida shakllanishi davridayoq yashovchanlik ko’rsatkichlaridan boxabar
bo’lishlari muhimdir. Uning fikricha, yashovchanlik ikki xil ko’rinishga ega
bo’ladi: shaxsning yashovchanligi va kasbning yashovchanligi. Olim shaxs
yashovchanlik sifatlariga quyidagi ko’rsatkichlarni kiritadi:
1. SHaxs xususiyatlariga munosib kasb tanlash.
2. Bajarayotgan ishga qo’yilgan talablarga yuqori darajada tayyorlik.
3. Hayoti davomida talim olish va o’rganishga tayyorlik.
4. Madaniyligi, o’zga kishilar qadr-qimmatini, farqlarini qabul qila bilish.
5. Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanishni bilish.
6. Bir necha sohalarda kasbiy mahoratni namoyish qila olishi.
7. Yangi loyihalar taqdim qilish tashabbusiga ega bo’lish.
8. Ishda hamkasblar bilan hamkorlikda ishlash ko’nikmasiga egaligi.
K.Farren kasbning yashovchanlik ko’rsatkichlariga quyidagilarni kiritadi:
1. Kasbning tashkilot maqsadlari bilan chambarchas bog’liqligi.
2. Boshqa muassasa va ishlab chiqarish sohalari bilan uyg’unlashish
3. Boshqa kasblarda o’z kompetentliligi va qobiliyatlaridan foydalanish
4. SHaxsiy va moliyaviy taminlanganlik.
5. Kasb bo’yicha shaxslar uyushmasining mavjudligi.
6. Mahoratga etaklovchi bilimga egalik.
7. Yoshidan qatiy nazar kasbiy muvaffaqiyatlarda mustaqil bo’lish .
Shuningdek, yuqoridagi ikkita yashovchanlik ko’rsatkichlari bilan bir
qatorda quyidagi ko’rsatkichlarni ham keltirib o’tish joiz: tanlangan ishlab
chiqarish sohasining ―yashovchanligi‖, ―tashkilotning yashovchanligi‖,
―ishchi o’rnining yashovchanligi‖.
XX asrning boshlarida Amerika va Evropa mamlakatlarida mehnat
mahsuldorligini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini ta‘minlash jarayonida
yuzaga kelgan bo’lib, buning natijasida psixologiyaning insonparvarlik
g’oyalarini singdirish yuz berdi va natijada shaxs to’g’risida zamonaviy
nazariyalari vujudga keldi. Bunday bog’liqlik shaxs nazariyasi bilan kasbiy
rivojlanish psixologiyasi o’rtasida aloqa o’rnatishga olib keldi.
Oqibatda kasbiy rivojlanish muammolarini o’rganishga turlicha
yondoshadigan beshta asosiy yo’nalishi shakllandi.
Bular: 1) differensial diagnostik, 2) psixoanalitik, 3) qaror qabul qilish
nazariyasi, 4) taraqqiyot nazariyasi va 5) tipologik yo’nalishlar.
Differensial – diagnostik yo’nalish bo’yicha izlanishlarda shaxsning kasbiy
faoliyat samaradorligini ta‘minlash omillariga, kasbga ta‘sir ko’rsatuvchi
individual psixologik xususiyatlarga va kasbga qo’yilgan talablarga asosiy e‘tibor
qaratiladi. SHuningdek, unda kasb tanlashning asosini ratsional va ongli faoliyat
tashkil etish to’g’risidagi qarashlar o’z aksini topgan (F.Parkinson). Bu
yo’nalishda kasbiy rivojlanishga psixotexnik yondashuvni tadbiq etilganligi
diqqatga sazovordir (G.Myunstenbergning, fikricha, individual sifatlar oddiy
ijrochilik operatsiyalarning yig’indisi hisoblanadi). Leypsig maktabi psixologlari
kasbiy ta‘lim uchun eng muhimi individual sifatlarni tarbiyalashdir, degan
g’oyani ilgari surishdi.
Psixoanalitik yo’nalish vakillari kasbiy rivojlanishning psixodinamik
jihatlarini tahlil qilish bilan shug’ullandilar. Ular kasb tanlash va kasbiy
rivojlanish asosida tabiiy ehtiyojlardan tortib kompleks psixodinamik
mexanizmlar va shaxs tuzilish instansiyalarigacha bo’lgan turli xil ehtiyojlar
yotadi, degan g’oya bilan chiqdilar (U.Mozer, L.Zondi, E.Bordin, E.Rou ).
Qaror qabul qilish nazariyasi vakillari kasb tanlash jarayonini o’rganish
uchun yo’nalganlik ustanovkalarini tadqiq etishga e‘tibor qaratdilar. Ularning
qarashlariga ko’ra, har qanday kasbni tanlash kasbiy alternativa va qaror qabul
qilishga yo’naltirilgan tizimdan iborat (X.Tome, G.Ris, P.Siller, D.Tideman,
O’Xar). Bu g’oya vakillari kasb tanlashning sabablari sifatida tanlangan kasbning
e‘tiborliligi, kasbiy malakalarni talab qilish darajasi, shaxsning kasbga
da‘vogarlik darajasi, kasbiy ustanovlarning realligini e‘tirof etishadi.
Taraqqiyot nazariyasi yo’nalishi vakillari rivojlanish nazariyasiga
asoslanib ish tutishgan. Bu yo’nalishning izlanishlari akademik psixologik
xarakterga ega bo’lib, ilk izlanishlar o’spirinlarni kasb izlashi bilan bog’liq
xususiyatlarini asoslashga qaratilgan edi. Ushbu yo’nalish vakillaridan D.Syuper,
SH.Byuler va E.Ginsbergning ilk ishlariga tayanib, kasbiy rivojlanish bir nechta
1) vujudga kelish bosqichi (tug’ilgandan to 14 yoshgacha), kasbiy
fantaziyalarga tayanib kasb tanlanadi;
2) tadqiq etish bosqichi (15-24 yosh), shaxs o’zining imkoniyatlariga mos
kasbni tanlashni niyat qiladi;
3) konsolidatsiya bosqichi (25-44 yosh), barqaror shaxsiy pozitsiyaga mos
kasbiy faoliyat maydoni o’rnatiladi;
4) saqlash bosqichi (45-64 yosh). Bu davrda shaxsning kasbiy faoliyati
hech qayoqqa og’masdan aniqlangan kasbiy faoliyat maydoni bo’yicha kechadi;
5) pasayish bosqichi (65 yosh). Bu bosqichda yangi kasbiy faoliyat roli
paydo bo’lib, boshqalarning kasbiy faoliyatini kuzatish etakchi o’ringa chiqadi .
Tipologik yonalish vakillari kasbiy faoliyatni tipologiyalashtirishga e‘tibor
qaratadilar (E.SHpranger, D.Xolland). Xolland o’z tipologiyasida shaxsning
kompleks mo’ljal olishga yo’naltirilgan bir qator tiplarini ajratishga erishdi: 1.
Realistik orientatsiya; 2.Intellektual orientatsiya; 3) Ijtimoiy orientatsiya; 4)
Konvensional orientatsiya; 5) Tadbirkorlik orientatsiyasi .
Professiografiya. Insonga quyiladigan talablar nuqtai-nazaridan kasblar va
professiografiya deyiladi. Professiografiya natijasi professiogramma bo’lib, bir
kasb doirasidagi ixtisoslarning insonga, odamlar guruhiga quyishi mumkin
bo’lgan talablar asosida tuzilgan umumlashtirilgan tavsifnomalardir.
Professiogrammaning bir qismini psixologik professiogramma, qolgan bir
qismini – inson psixikasiga quyiladigan talablar, ya‘ni kasb qobiliyatlari ro’yxat
tashkil qiladi. Professiografiya kasblar klassifikatsiyasini ham o’z ichiga oladi, bu
turli mezonlari bilan ifodalanadi: texnologik, gigienik, psixologik va boshqalar.
Har qanday kasbni o‘rganish va tavsiflash har doim ma‘lum maqsadni ko’zlaydi
va shu maqsadga bo‘ysunanadi.
Professiogrammalar quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan xillarda
bo’lishi mumkin: kadrlar tayyorgarligini asoslashga, gigienik sharoitlarni hisobga
olish va uni sog‘lomlashtirishga; kasb tanlashni asoslashga; kasbiy maslahat va
kasbiy tanlovni asoslashga; mehnatga baho berish normativlarini, mehnat
xavfsizligi saviyasini kutarish va boshqalar. Kasb tanlashga yo’llash va kasb
maslahatlarini uyushtirish. Kasb tanlashga yo’llash eng avvalo odam
imkoniyatlari va u yashayotgan muhitning bir qancha sharoitlarini o‘rganishdan
boshlanadi. Bularni umumlashtirib mehnat ekspertizasi deb aytiladi. Mehnat
ekspertizasi – bu odamning konkret kasb bo‘yicha mehnatga yaroqliligini ma‘lum
mutaxassislar tomonidan aniqlanishidir. Odamning u yoki bu mehnat turiga
yaroqliligi quyidagilarga bog’liq bo’lishi mumkin: yoshiga; tegishli bilim,
ko‘nikma va malakaga ega bo’lishga; mazkur kasb buyicha ishlashga qiziqish va
iste‘dodi mavjud bo’lishiga. Bundan tashqari yashayotgan sotsial muhit va jinsiga
ham bog’liq bo’lishi mumkin.
Mehnat ekspertizasi tashkiliy shakllaridan qat‘iy nazar quyidagi umumiy
masalalarni hal qilish bilan shug‘ullanadi: Odam ma‘lum ishni boshlab keta
oladimi? Tegishli lavozimda ishni davom ettira oladimi? Odamdan qaysi soha
yoki vazifada foydalanish ma‘qul? Baxtsiz hodisa yuz berganda, bunga odam qay
darajada aloqador, ishga qabul qilingan, tayinlanganlar –chi?
Psixodiagnostika ma‘lumotlari asosida prognostik psixologik mehnat
ekspertizasi kishining kelgusi mehnat faoliyatini belgilashga yordamlashadi. u
talablarni har bir pedagog va ota–onalarning bilishi va amal qilishi. Ayniqsa
bolaning 9–sinfni tugatish va xayot yo‘lini belgilab olishi davrida juda muhimdir.
SHarq mutafakkirlarining kasbiy talim va tarbiyaga oid falsafiy
psixologik qarashlari
Buyuk ajdodlarimiz kasb – hunar to„g„risida.
Kasb-hunar egalari qadimdan e‘zozlanib kelingan. Bizning davlatimizda
ularga nisbatan hurmat-ehtirom o’zligimizni anglash tufayli yanada
jamiyatimizda bilimdon, mustaqil fikrlovchi, yuqori malakali, ma‘naviyatli,
mohir kasb egalari tobora ko’proq talab qilinmoqda. O’zbekiston Respublikasi
hukumatining qaror va Nizomlarida mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasiga
katta ahamiyat berilmoqda va ular haqida alohida g’amho’rlik qilinmoqda. SHu
bilan birga, tor sohadagi kasbdan asta-sekin keng qamrovli universal kasbga o’tish
muammosi, g’oyasi ilgari surilmoqda. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da
ko’rsatib o’tilganidek, mehnat va kasbiy tayyorgarlik sifatini yanada yaxshilash,
uzluksiz ta‘limning faol metodlarini qo’llash, yangi pedagogik texnologiyani
amaliyotga tadbiq etish, ta‘lim va tarbiya birligi tamoyilini sobitqadamlik bilan
amalga oshirish lozim.
Sharq mutafakkirlaridan qolgan qimmatli ma‘naviy boylikning har bir
satrini ochib tahlil qilganimizda ularning inson kamolati, ma‘naviyati va
mehnatsevarlik xislatlariga, bolalar va yoshlarni barkamol insonlar qilib
shakllantirish va kasb – hunarga o’rgatishga taalluqli ibratli, qimmatli
mulohazalar olsa bo’ladi. To hozirgacha saqlanib kelayotgan qator me‘moriy
inshootlar, buyuk tarixiy obidalar, xalq amaliy sa‘nati asarlari (naqqoshlik,
hunarmandchilik buyumlari, bularning barchasi buyuk ajdodlarimizning kasb –
hunar o’rganishga, yuksak iste‘dod va qobiliyat sohibi bo’lishiga oid bebaho
materiallar qoldirganliklarini mujassamlashtiradi.
Tariximizga nazar soladigan bo’lsak, hozirgi o’zbek xalqining ajdodlari
bundan bir necha ming yillar avval o’ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda
juda katta va mashaqqatli yo’lni bosib o’tishganiga guvoh bo’lamiz. Masalan,
ajdodlarimizning yosh avlod ta‘lim-tarbiyasiga oid qarashlari, o’gitlari haqidagi
qimmatli ma‘lumotlariga ega bo’lishimizda eng qadimgi yozma yodgorligimiz
―Avesto ning o’rni beqiyosdir. Eng umumiy ravishda ―Avesto‖da inson
mehnati bilan barcha yovuzliklardan qutulishi mumkin, degan ulug’ g’oya ilgari
suriladi. ―Avesto‖da yoshlarni kasb-hunarga o’rgatishga, halol mehnat qilib to’q
farovon hayot kechirishga da‘vat etiladi. Bundan ko’rinadiki, eng qadimgi
davrlardanoq xalqimiz farzand tarbiyasiga, uni kasb-hunarli bo’lib farovon
turmush kechirishini ta‘minlashga katta e‘tibor bilan qaragan.
Mamlakatimizda etishib chiqqan buyuk mutafakkirlarimiz, qomusiy
olimlarimiz yoshlarga ta‘lim-tarbiya berish va ularni kasb-hunarga o’rgatish
masalalari bo’yicha o’zlarining buyuk asarlarida qimmatli fikr mulohazalarni
bildirib, bu borada nimalarga e‘tibor berish kerakligi haqida yo’l-yo’riqlar
Buyuk qomusiy olim Abu Nasr Forobiy kasb-hunar to’g’risida ilk fikrlarini
bildirib, qimmatli maslahatlar bergan, chunonchi, ta‘lim so’z va ko’nikmalar
majmui, tarbiya esa amaliy malakalardan iborat ish-harakat ekanligini, muayyan
kasb-hunarni o’rganishga berilgan, u bilan qiziqqan kishilar shu kasb-hunarning
chinakam shaydosi bo’lishini aytgan. Bu mulohazalardan anglanib turibdiki,
alloma kasb-hunar insoniyat uchun azaldan juda zarur hayotiy vosita bo’lib
kelganini tan olgan.
Forobiy ta‘lim-tarbiya ta‘limotining asosi komil insonni shakllantirish,
bunda yoshlarga o’z vaqtida o’rinli ta‘lim va tarbiya berish, ularni kasb-hunarga
yo’llash orqali baxt-saodatga erishtirish, jamiyatda o’z o’rnini topishiga yordam
berish g’oyasidan iborat.
SHarqda birinchi bo’lib Er va Osmon globusini yasagan Abu Rayxon
Beruniy ilm fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shish bilan bir qatorda,
ta‘limtarbiyani amalga oshirish usullari, metodlarini ham ko’rsatib o’tgan. Eng
muhimi mutafakkir inson kamolotida, mehnat va mehnat tarbiyasi haqida muhim
fikrlarni bayon etadi. U har bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga bo’ladi.
Og’ir mehnat sifatida binokor, ko’mir qazuvchi, hunarmand va fan sohiblari
mehnatini keltiradi. Ayniqsa, ilm ahli olimlar mehnatiga alohida e‘tibor berish,
hayrixoh bo’lishga chaqiradi, ularni ma‘rifat tarqatuvchilar, jamiyat ravnaqiga
hissa qo’shuvchilar deb biladi.
Olim bolalarni mehnatga o’rgatish metodlari, yo’llari haqida ham fikr
yuritadi. Masalan, bolalarni eng kichik yoshdan mehnatga o’rgatish kerak, deydi.
Mehnat tarbiyasida o’sha davr an‘anasiga ko’ra vorislikka katta ahamiyat beradi.
Beruniyning ―Mineralogiya ― asarida hunarmandchilikka oid, shogird
tayyorlash jarayoni, ustalarning hunar o’rgatish metodlari haqida ham qimmatli
fikrlar bayon etilgan. Bunda shaxsiy namuna metodidan foydalanilgan. Ish
jarayoni bevosita ham nazariy, ham amaliy jihatdan ustaxonaning o’zida
bajarilganligi shogirdlarning malakali usta bo’lib etishishida katta ahamiyatga ega
bo’lgan. Beruniy inson har tomonlama kamolga etishishi uchun u ilmli bo’lishi
bilan birga mehnatsevar va hunar egasi bo’lishi ham kerak deydi.
ta‘limtarbiyasi, kasb hunar egallashi va kamolati bosh masala bo’lgan.
Beruniy insonni tabiatning bir qismi deb biladi. Tabiatni va jamiyat ilmini
o’rganishda ―o’zim tekshirib ko’rmaguncha ishonmayman‖ degan shiorga butun
umr amal qiladi. Umuman olganda Abu Rayhon Beruniyning pedagogik –
psixologik qarashlari asosan, oilada bola tarbiyasi, aqliy ta‘lim, ahloqiy va
jismoniy ta‘lim, mehnat va insonparvarlik tarbiyalaridan iborat bo’lgan.
SHarqning ulug’ allomalaridan biri ―SHayx-ar- Rais‖ nomi bilan mashhur
bo’lgan Abu Ali Ibn Sinodir. Mutafakkirning pedagogik-psixologik qarashlari
ilmiy asosda qurilgan bo’lib, u bolaning fe‘l-atvori va tasavvurlarini
shakllantirishda umuminsoniy g’oyalar qo’llanishini ta‘kidlagan hamda
murabbiy, ota-onalarga bolani qattiq tan jazosidan ko’ra, shaxsiy ibrat orqali
voyaga etkazish ma‘qulligini ko’rsatadi .
Mutafakkirning ―Donishnoma‖, ―Risolai ishq‖, ‖Uy xo’jaligi‖, ―Tib
qonunlari‖ asarlari xalqimiz odob axloq psixologiyasi va tabobat olamida alohida
Ibn Sinoning mehnatsevarlik tarbiyasi borasidagi fikrlari ham diqqatga
sazovordir. Jumladan, u har bir bolani biror hunarga o’rgatmoq shart, deydi. YOsh
yigit biror hunarni o’rgansa, uni hayotga tatbiq eta olsa va mustaqil hunar orqali
oilani ta‘minlaydigan bo’lsagina, otasi uni uylantirib qo’ymog’i lozim, deb
hisoblaydi. O’spirin hunar egallashi bilan unda nafaqat axloqiy hislar, balki
xarakterning irodaviy xislatlari ham tarkib topa boshlaydi. Hunar egallash orqali
o’spirinlarda sabr-bardoshlik, chidamlilik, mehnatsevarlik, ishbilarmonlik,
tadbirkorlik, zukkolik kabi insoniy sifatlar shakllanadi.
Ibn Sino har bir insonning mijozidan kelib chiqqan holda kasb tanlashga
alohida e‘tibor berish kerakligini ta‘kidlashi uning yoshlarni kasb-hunarga
yo’llash masalalariga alohida e‘tibor bilan yondashganini ko’rsatadi. Uning
fikricha, har bir inson faqat unga tegishli bo’lgan xususiyatlargagina egadir, unga
o’xshagan insonlar kamdan-kam bo’ladi.
Hozirgi davrda ham allomaning falsafiy-psixologik qarashlari, ijtimoiy
hayotimizda o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Uning tarbiya va mijoz xususidagi
fikrlari alohida ahamiyatga ega bo’lib, shaxslararo munosabatlar etikasiga
munosib hissa bo’lib qo’shiladi. Olimning falsafa, mantiq, psixologiya, siyosiy –
ijtimoiy fanlar bo’yicha bizga meros bo’lib qoldirgan asarlari bashariyat uchun
dasturilamal sifatida xizmat qiladi.
XI asrning buyuk mutafakkiri YUsuf Xos Hojib o’zining ―Qutadg’u bilig‖
asarida (1069 y) inson va uning hayotiga oid qarashlarini bayon etgan. Asar turkiy
halqlarning qadimgi tahlim va tarbiya usullarihaqidagi ilk ma‘lumotlarni
saqlagani bilan juda ahamiyatlidir. U odamning Olloh tomonidan yaratilganligini
hamda odamning dunyoga kelishi va uning kelajakda qanday odam bo’lib voyaga
etishi ajdodi va kelib chiqishiga nisbatan munosabatlariga bog’liqligini aytib:
―Kimning nasli otadan boshlab toza bo’lsa, undan elga yaxshilik, ko’p
manfaatlar keladi‖, deb hisoblaydi. YUsuf Xos Hojib insonga bilim nechog’lik
zarur bo’lsa, kasb-hunar egallash ham shunchalik muhimligini asarida alohida
ta‘kidlaydi. Alloma jamiyat taraqqiyoti va xalq farovonligida muhim o’ringa ega
bo’lgan dehqonlar, chorvadorlar, savdogarlar, tabiblar haqida ham muhim
fikrlarni bayon etadi. Zero, u kasb- hunar jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, moddiy
va madaniy taraqqiyotining o’lchov birligi sanalishini etarlicha anglagan. YAna
allomaning fikricha, insonning ulug’ligi aql-idroki, so’zlash qobiliyati, bilimi,
uquvi, kasb-hunarga egaligidadir-deyiladi.
Mutafakkir ilm-fan, aql-zakovatga ega bo’lishga inson ma‘naviy
kamolotining eng muhim va birinchi mezoni sifatida qaraganki, uning bu fikrlari
hozirgi davrda ham o’z ahamiyatini yo’qotgan emas.
Kaykovusning “Qobusnoma” asarida kasb-hunar haqida bir qator fikr
mulohazalar keltiriladi: ―Ey farzand ogoh bo’lki, hunarsiz kishi hamisha
foydasiz bo’lur va hech kishiga naf etkurmas. Bilursanki, tikanli butaning tani
bordur, ammo soyasi yo’qdir. Hunarsiz kishi ham tikanli buta yanglig’ na o’ziga
na o’zgaga foyda berur‖. Mutafakkirning farzandlar kasb-hunar egallamasa,
hayotda o’z o’rnini topa olmasligi haqidagi fikri ayniqsa e‘tiborga loyiq.
Bu holatning izohini quyidagi fikr mulohazalardan yana bir bor ko’rish
mumkin. ―Agar kishi har qancha oliy nasab va asl bo’lsa-yu, ammo hunar
bo’lmasa, u xaloyiqning izzat va hurmatidin noumid bo’lur. Agar kishida ham
nasab gavhari va ham hunar ziynati bo’lmasa, undan battarroqdur. Jahd qilg’il
agar gavharning har nechakim asl bo’lsa, unga g’arra bo’lmag’il, nedinkim tan
gavhari hunur zevari bila ziynatlangan bo’lmasa, u hech narsaga
arzimagusidir.Andog’kim debdurlar: ―Ulug’lik aql va bilim biladur, gavhar va
nasab bila bo’lmas‖.
Behunarmandlikdan, bexiradlikdan yaxshi ot va yaxshi taom qo’lg’a keltura
olsang, behunar, bexirad bo’lg’il, yo’q ersa hunar o’rgang’il. O’rganmak,
eshitmakdin nomus qilmag’il, to xijolat va pushaymonlig’din qutulg’aysan.
Xaloyiqning aybi va hunariga boqqil, ularning naf va zarari na chog’liqdur.
Buning foyda va ziyonlari qaysi erga qadar borur, undan so’ng o’z manfaatingni
talab qil. Ko’rg’il, qaysi narsa xalqni manfaatg’a yaqin qilur. O’zing ana shundog’
aql va hunarni o’rganmoq bila ko’tarilursan. Bu ish senga ikki narsa bila hosil
bo’lur: yo bilg’on hunarga yarasha ish qilmoq bila yo bilmag’on hunarni
Amir Temur ―Temur tuzuklari‖ asarida ―Saltanat ishlarini murosa-yu
madora, muruvvat va va sabr-toqat bilan yurgizdim‖. ―Tajribamdan
ko’rilgankim, ishbilarmon odam, mard va shijoat sohibi, azmi (qatiy) tadbirkor va
sergak bir kishi, ming-minglab tadbirsiz, sog’lom kishilardan yaxshidir‖- deyiladi.
―Xamsa‖, ―Mahbubul-qulub‖ kabi yirik
ta‘limiyahloqiy asarlarida, shuningdek ―Munojot‖, ―Vaqfiya‖, ―Majolisun-
nafois‖, ―Muhokamat ul-lug’atayn‖ asarlarida ta‘lim-tarbiya va bolani kamolga
etkazishda kasb-hunar o’rgatishning ahamiyati haqida namunalar bilan izohlaydi.
Sa‘diy bilim olish bilan birga hunarning ham inson uchun qay darajada
afzalligini uqtiradi. CHunki ―Hunar qaynar buloq, tuganmas davlat, – deydi u,
agar hunarmand molidan mahrum bo’lsa qayg’usi yo’qdir. Hunarmand qaerga
borsa, qadrlanadi va uyning to’ridan joy oladi. Hunarsiz odam esa, hamisha
mashaqqat chekadi, tilanchilik qiladi‖.
SHarq mutafakkirlaridan qolgan qimmatli ma‘naviy boylikning har bir
satrini ochib tahlil qilganimizda ularning inson kamoloti, ma‘naviyati va
mehnatsevarlik xislatlariga, bolalar va yoshlarni barkamol insonlar qilib
shakllantirish va kasb – hunarga o’rgatishga taalluqli ibratli, qimmatli
mushohadalar olsa bo’ladi. To hozirgacha, saqlanib kelayotgan qator me‘moriy
inshootlar, buyuk tarixiy obidalar, xalq amaliy san‘ati asarlari (naqqoshlik,
ganchkorlik, me‘morchilik) arxeologik qazilma va izlanishlar tufayli topilgan
hunarmandchilik buyumlarining barchasi buyuk ajdodlarimizning kasb-hunar
o’rgatishga, yuksak iste‘dod va qobiliyat sohibi bo’lishiga oid bebaho materiallar
1. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. – T.: O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi. 2000. – 245 b.
2. Asomova R.Z. Kasb tanlash motivasiyasi va uning dinamikasi.
Psix.f.n. dis.-T., 2002. -137 b.
3. Davletshina M.G., G.B.Shoumarov “Psixologi – pedagogicheskie aspekti
4. Ismogilova F.S. Professionalniy opit spesialistov i upravlenie im v
usloviyax formirovaniya rinochnoy ekonomiki. Avtoref. dis. …doktor. psixol.
nauk. – Moskva, 2000.-41 s.
5. Qadirov B.R.Sposobnosti i sklonnosti: psixofiziologicheskoe
6. Klimov Ye.A. “Kak vibrat professiyu” Moskva, 1990.
7. Klimov Ye.A. Psixologo-pedagogicheskie problemi professionalnoy
konsultasii. M.: Znanie, 1983-96s.
8. Kondakov I.M. “Individualno – psixologicheskie osobennosti podrostkov
v vibore professii” Moskva, 1989.
Интернет тармоғи бўйича веб-сайтлар рўйхати
2. www. Ziyonet. uz
3. www. expert.psychology.ru
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
Qiziqarli malumotlar
KАSB-HUNАR TАNLАSHDА PSIXОLОGNING О`RNI HАMDА KАSB PSIXОLОGIYАSINING АHАMIYАTI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»