JUVAYN haqida

JUVAYN haqida

JUVAYN

JUVAYN — Xurosondagi Nishopur b-n Bistom sh. lari oraligʻida joylashgan qad. nohiya. Jan. da Bayxaq, shim. da Jojarm nohiyalari bilan chegaradosh. Markazi Ozodvor sh. Yoqut Hamaviy Juvaynda 189 qishloq boʻlib, ular bir-biriga juda yaqin ekanligini yozadi. Mashhur faqih, muhaddis, mufassir va muarrixlardan Abulmaʼoliy Ziyovuddin Abdulmalik ibn Abdulloh Juvayniy, Xoja Shamsuddin Muhammad ibn Muhammad Juvayniy, Abu Muhammad Abdulloh ibn Yusuf Juvayniy, Alouddin Otamalik ibn Bahouddin Muhammad Juvayniy va b. J. da yashab ijod etgan.

Ensiklopediya.uz
JUVAYN