JURAVEL Mixail Semyonovich haqida
JURAVEL Mixail Semyonovich
JURAVEL Mixail Semyonovich (1904.21.11, Cherkassi viloyati Yablonev tumani —1987.11.8, Kishinyov) — uzumchilik soxasidagi seleksioner olim, Maslovo seleksiya va urugʻchilik in-tini tugatgan (1930). Moldaviya Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1979). 1935-60 y. larda N. I. Vavilovning rahbarligida Butunittifoq oʻsimlikshunoslik in-tining Oʻrta Osiyo filiali (hoz. Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik i. t. in-ti)da ishladi. A. M. Negrul bilan hamkorlikda hosildorligi yuqori 16 yangi uzum navini yaratdi, ulardan 7 nav r-nlashtirilgan, Oʻzbekistonda va qoʻshni davlatlarda katta maydonlarga ekiladi (Goʻzal qora, Joʻrauzum, Tarnoye, Oʻzbekiston muskati, Muskat charos, Pobeda va b.). 1960—79 y. larda Moldova uzumchilik va vinochilik i. t. in-ti seleksiya boʻlimi mudiri (shu davrda 11 yangi uzum navini chiqardi). Tokchilikka bagʻishlangan bir qancha darsliklar, qoʻllanmalar muallifi. Yangi uzum navlarini chiqarishda erishgan yutuqlari uchun Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (1948).
Ensiklopediya.uz
JURAVEL Mixail Semyonovich