JUNO haqida

JUNO haqida

JUNO

JUNO — AQSHdagi shahar, Alyaska shtatining maʼmuriy markazi. Alyaskaning jan.-sharqida, Gastino boʻgʻozi boʻyidagi port. Aholisi 20 ming kishi. Yogʻochsozlik, sellyuloza-qogʻoz sanoati, baliq konserva korxonalari, aeroport bor. Dengizdan baliq ovlanadi. Turizm rivojlangan. Junoga 1880-y. da asos solingan.

Ensiklopediya.uz
JUNO