JUNJISH haqida

JUNJISH haqida

JUNJISH

JUNJISH, junjikish, qaltirash, et uvishishi — teri tomirlarining tortishib qisqarishi (spazm) natijasida sovuq sezish, sovqotish, qaltirash; ayni vaqtda qon ichki aʼzolarga (asosan qorin boʻshli-gʻiga) ketib, soch (jun) tippa-tik boʻladi, avval chaynov, keyin yelka, orqa va qoʻl-oyoq muskullari titraydi. Odam koʻpincha isitmalashdan oldin yoki sovuqtaʼsirida junjiydi. Junjishda organizmdan tashqariga issiqlik chiqishi kamayadi, muskullar qisqarishi natijasida issiklik koʻproq xrsil boʻladi, shu tufayli gavdada issiklik toʻplanib, t-ra koʻtariladi, shundan keyin Junjish tugaydi. Gavda t-rasi keskin oʻzga-rib, isitma avjiga chiqqanda ham Junjish kuzatiladi. Sogʻlom odamda Junjish sovuq taʼsiriga javoban normal reaksiya, himoyalanish chorasi hisoblanadi. Asabiy kishilarda Junjish kuchli hayajon yoki qoʻrquvdan keyin ham paydo boʻladi.

Ensiklopediya.uz
JUNJISH