Junior vs «Junior»
Bu postni chiqargan vaqtim hali video e’lon qilinmagan edi. 2 ta kanalga qo`ygan edim, hamma junior mavzusiga kirishib ketishdi. Zo`r tajriba bo`ldi, ham. Qo`shtirnoq ichidagi so`z asli ma’noda kelmasligini ko`pchilik beetibor qoldirgandek bo`ldi.
Videoni ko`rganlar bo`lsa, fikr bersangiz hursand bo`lardim. Hozircha videodagi mavzulardan quyidagilarni olib chiqa oldim. Agar siz boshqa mavzularni ham ko`rgan bo`lsangiz video tagida (comment) yoki bu yerda yozishingiz mumkin.
Savollaringizga javob berishga tayyorman.
To`xtalib o`tilgan mavzular:
1. Vatan manfaatlari birinchi oʻrinda turadi.
2. Dasturlash tilini oʻrgandim, men dasturchi boʻlib qoladimmi?
3. Dasturlashni oʻrgandim, nima uchun korxonalarda ishlay olmayapman?
4. Oʻquv yurtini bitirsa junior hisoblanadimi?
5. Oʻquv yurti toʻliq dasturchi chiqara oldimi?
6. Loyihalarda ishlash kursi.
7. Hard skills vs soft skills.
8. Nima uchun majlis (call)ga kech qolamiz?
9. IT korxonalarda vaziyat qanday?
10. Mock interview, kim qila oladi?
11. IDE va boshqa asbob (tool)larni sotib olish shartmi?
12. Tajribali dasturchilarni chet el korxonalari qaydan qilib topadi?
13. Oʻzbek dasturchisi chet elda ishlashi: orzu yoki haqiqat?
14. Loyihaning 20%-30% igina Dasturlash tilini tashkil qiladi.
15. Layoff nima?
16. Tanish bilish, networking, qanday ishlashini bilasizmi?
17. Ingliz tilini … esdan chiqdi.
18. O`zbek IT korxonasi yevropaga kira oladimi?
19. Osiyo dasturchilari o`ziga hosligi.
20. Vaqtida bajarish yoki chiroli kod yozish?
21. Va’da berib, vaqtida bajarish bu bizning qadryatlarimizdan.
22. Dasturchining tezligi qanday bo`lishi kerak?
23. Tadbirkor-dasturchi yoki dasturchi-tadbirkor.
24. Passiv ish qidirish nima?
Alohida aytib o`tishim kerak, «Open source da baraka bor» iborasi mualifi Muhammadkarim bo`ladilar. Ularning ham Texnosuhbat videolari bor.
Ta‘lim
Junior vs «Junior»