JUMURTOV haqida

JUMURTOV haqida

JUMURTOV

JUMURTOVQoraqalpogʻiston Respublikasining Amudaryo tumanidagi shaharcha (1968-y. dan). Aholisi 3,5 ming kishi (2000), asosan, qoraqalpoqlar va oʻzbeklar yashaydi, shuningdek, rus, tatar, turkman va b. millat vakillari ham istiqomat qiladi. Yaqin t. y. stansiyasi Urganchgacha 70 km.

J. Amudaryo tumanining sharqida, asosan, Jumurtov togʻi etaklarida joylashgan. Jumurtovda tosh maydalash-saralash, noruda materiallar i. ch., asfalt, shagʻal, ohaktosh z-dlari, qurilish materiallari i. ch. birlashmasi, neft bazasi, non yopish sexi, avtokorxona, 2 maktab, kutubxona bor.

Ensiklopediya.uz
JUMURTOV