JUMAYEV Toʻxtamurod Murtazoyevich haqida

JUMAYEV Toʻxtamurod Murtazoyevich haqida

JUMAYEV Toʻxtamurod Murtazoyevich

JUMAYEV Toʻxtamurod Murtazoyevich (1945.15.8, Olot tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Buxoro ped. in-tini tugatgan (1967). 1963-y. dan Olot tumanidagi 3-, Qorakoʻl tumanidagi 8-maktabda mat. oʻqituvchisi, maktab direktori oʻrinbosari, 1990-y. dan 164-ixtisoslashtirilgan litsey, 1999-y. dan 1-ixtisoslashtirilgan iqtidorli bolalar internat maktab direktori. Jumayev oʻquv-tarbiya ishlarini takomillashtira borib, darc sifatini yaxshilashga erishdi. Taʼlim berishda zamonaviy oʻquv qurollari va kompyuterlar asosida yangi pedagogik texnologiyalarni qoʻlladi. Jumayev mat. boʻyicha bir necha didaktik qoʻllanmalar muallifi.

Ensiklopediya.uz
JUMAYEV Toʻxtamurod Murtazoyevich