JUMANIYOZOV haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
JUMANIYOZOV haqida malumot bilib oling.

JUMANIYOZOV Oʻrozboy (1924, Qoraqalpogʻiston, Beruniy tumani — 1943.12.12, bedarak yoʻqolgan) — 2-jahon urushi qatnashchisi. 1942-y. dan frontda. 985-oʻqchi polki (Markaziy front 60-armiyaning 226-oʻqchi diviziyasi) avtomatchisi. Jumaniyozov 1943-y. 26 sent. da Kiyev viloyatining Vishgorod tumanidagi Tolokunskaya Rudnya qishlogʻi r-nida birinchilardan boʻlib Dnepr daryosini kechib oʻtib, jangda jasorat koʻrsatgan. 1943-y. 17 okt. da Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan. 1943-y. 12 dek. dagi jangda bedarak yoʻqolgan. Beruniy sh. markaziy koʻchalaridan biri, Jumaniyozovning oʻzi oʻqigan 48-oʻrta maktab uning nomiga qoʻyilgan.

Ensiklopediya.uz
JUMANIYOZOV