JUKOV Georgiy Konstantinovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
JUKOV Georgiy Konstantinovich haqida malumot bilib oling.

JUKOV Georgiy Konstantinovich [1896.19.11 (1.12), Kaluga viloyati, Strelkovka qishlogʻi — 1974.18.6, Moskva] — harbiy arbob, sarkarda. Sobiq Ittifoq marshali (1943), toʻrt marta Ittifoq Qahramoni (1939, 1944, 1945, 1956) Xalxin-Gol daryosi boʻyidagi jangda qatnashgan (1939). Kiyev harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni (1940-y. dan). 1941-y. yanv. —iyudda Bosh shtab boshligʻi — SSSR Mudofaa xalq komissari oʻrinbosari. Jukov 2-jahon urushida nemis-fashist bosqinchilarini tor-mor keltirishda muhim rol oʻynagan: Moskva va Leningrad janglari (1941 — 42), Leningrad qamalini yorib oʻtish, Stalingrad va Kursk janglari (1942 — 43), Oʻng qirgʻoq Ukrainasidagi hujum, Belorussiya operatsiyasi (1943—44), Visla-Oder va Berlin operatsiyalari (1944—45) da oʻzining mohir sarkarda ekanligini koʻrsatgan. 1942-y. avg. dan urushning oxirigacha Mudofaa xalq komissari oʻrinbosari, Oliy Bosh qoʻmondon oʻrinbosari. Oliy Bosh qoʻmondon nomidan 1945-y. 8-mayda fashistlar Germakiyasining soʻzsiz taslim boʻlganlik (kapitulyatsiya) haqidagi hujjatni qabul qilgan. 1945—46 y. lar Germaniyadagi sovet qoʻshinlari guruhi bosh qoʻmondoni va Sovet harbiy maʼmuriyati boshligʻi. 1946-y. martdan Quruqlikdagi qoʻshinlar bosh qoʻmondoni, SSSR Qurolli Kuchlar vaziri oʻrinbosari. Shu yilning oʻzida I. V. Stalin tomonidan ishdan chetlatilgan. 1946-y. iyundan Odessa xarbiy okrugi, 1948-y. dan Ural harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni. 1953-y. dan SSSR mudofaa vaziri 1-oʻrinbosari, 1955-y. dan mudofaa vaziri. 1956—57 y. larda KPSS MK Prezidiumi aʼzoligiga nomzod, aʼzosi. 1957-y. okt. dan N. S. Xrushchev koʻrsatmasiga binoan vazifasidan ozod qilingan. 1958-y. Qurolli Kuchlar saflaridan boʻshatilgan.

As: Vospominaniya i razmыshleniya, 10-izd., t. 1-3, M., 1990.

Ensiklopediya.uz
JUKOV Georgiy Konstantinovich