JUFT TUYOQLILAR haqida

JUFT TUYOQLILAR haqida

JUFT TUYOQLILAR

JUFT TUYOQLILAR (Artiodactyla) – sut emizuvchilar sinfining turkumi. Quyi eotsendan maʼlum. Oyoqlari oʻqi kuchli rivojlangan boʻlib, 3 – va 4-barmoqlari oʻrtasidan oʻtadi. 2 – va 3-barmoklari kucheiz rivojlangan, 1-barmogi boʻlmaydi. Oyoqlarining sagittal qismidan bukilishi va yozilishi tufayli harakat qiladi, oʻmrov suyagi yoʻq. 2 kenja turkum: kavshavchi va kavshamaydigan kenja turkumga boʻlinadi. Hoz. zamon faunasida 150 ga yaqin turi maʼlum. Keng tarkalgan, Avstraliya va Yangi Zelandiyaga introduksiya qilingan. Oʻzbekistonda 8 turi maʼlum. Oʻsimlikxoʻr, baʼzan xammaxoʻr (toʻngʻiz). Bir qancha turlari (echki, qoʻy, sigir) xonakilashtirilgan. Koʻpchilik yovvoyi turlarining soni kamayib ketmoqda. Bir qancha turlari (jayran, arxar, togʻ echkisi) Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Ensiklopediya.uz
JUFT TUYOQLILAR