JUFT KUCH haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
JUFT KUCH haqida malumot bilib oling.

JUFT KUCHmiqdor jihatdan teng, qarama-qarshi tomonga yoʻnalgan, ustma-ust tushmaydigan parallel kuchlar. Kuchlarning taʼsir chizigʻi orasidagi eng qisqa masofa J. k. yelkasi, bu chizik, orqali oʻtuvchi tekislik J. k. tekisligi deyiladi. Juft kuchning qattiq jismga mexanik taʼsirini ifodalash uchun Juft kuch momenti qabul qilingan. U erkin vektor boʻlib, uchidan karaganda soat mili harakatiga teskari yoʻnalgan, miqdor jihatdan esa Juft kuchni tashkil qiluvchi kuchlardan birining moduli b-n uning yelkasi koʻpaytmasiga teng. Gayka kalit bilan buralganda Juft kuch hosil boʻladi. Kalit gaykaning qaysi yoqlariga qoʻyilishiga qaramay, uning gaykaga taʼsiri oʻzgarmaydi.

Ensiklopediya.uz
JUFT KUCH