JOS haqida

JOS haqida

JOS

JOSAfrika gʻarbidagi plato, Niger va Benue daryolari oraligʻida, Nigeriyaning markaziy qismida joylashgan. Kristalli jinslardan tuzilgan. Oʻrtacha bal. 1200—1400 m, eng baland joyi — 1735 m. Past-baland yuzalarda baʼzan granitli choʻqqilar, yassi yuzali tepaliklar va soʻngan vulqon kraterlari koʻtarilib turadi. Jos platosidan Niger daryosi va Chad koʻlining koʻplab irmoqlari boshlanadi. Iqlimi ekvatorial mussonli, nam iqlim; yiliga 1000 mm chamasida yogʻin yogʻadi. Ikkilamchi boʻliq oʻtli savannalar b-n qoplangan. Qalay, tantal va niobiy konlari bor.

Ensiklopediya.uz
JOS