JORJIYA haqida

JORJIYA haqida

JORJIYA

JORJIYA — AQSHning jan.sharqidagi shtat. Mayd. 153 ming km2. Axoliyey 8,4 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi va eng katta shahri — Atlanta. J. hududining koʻp qismi pasttekislik, kemalar qatnaydigan Savanna, Oltamaxo, Flint daryolari kesib oʻtgan. Shim. va shim.-gʻarbida Appalachi togʻlarining tizmalari joylashgan. Iqlimi subtropik, sernam; yillik yogʻin 1300—1600 mm. Togʻlarda dub, qaragʻay va qora qayin oʻrmonlari bor.

Jorjiya — industrialagrar shtat. Mashinasozlik, toʻqimachilik, sellyuloza-qogʻoz va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Yirik aviatsiya (Lokxid firmasi), avtomobilsozlik, kimyo korxonalari bor. Q. x. tovar mahsuloti qiymatining yarmidan koʻprogʻini chorvachilik (asosan parrandachilik) beradi. Asosiy ekinlari (mahsulot qiymati boʻyicha): yer yongʻoq, makkajoʻxori, tamaki, paxta. Meva va sabzavot ham yetishtiriladi. Transport yoʻllari tuguni — Atlanta; asosiy dengiz porti — Savanna; chetga k,, x. va oʻrmon mahsulotlari chiqariladi, chetdan neft keltiriladi.

Jorjiya — AQSHda dastlab tuzilgan 13 shtatdan biri. 1776-y. da boshqa 12 ta Angliya mustamlakasi bilan birga oʻzini mustaqil deb eʼlon qilib, AQSHni tuzishda ishtirok etgan.

Ensiklopediya.uz
JORJIYA