JONIKMAR TOGʻI haqida

JONIKMAR TOGʻI haqida

JONIKMAR TOGʻI

JONIKMAR TOGʻI — Kashqadaryo viloyatidagi togʻ. Hisor tizma togʻlarining jan.-gʻarbiy tarmogʻi. Eng baland joyi 1319 m, uz. 14 km. Shim. dan jan. ga va jan.-gʻarbga yoʻnalgan. Jonikmar togʻining shim.gʻarbiy yon bagʻri zinapoyasimon pasayib Arabdasht va Quyuqdasht tekisliklariga tutashgan. Yon bagʻirlari quruq soy va jarlar bilan oʻyilgan. Yon bagʻirlaridagi toʻq boʻz tuproqlarda bugʻdoyiq, togʻ shuvogʻi, togʻolcha, doʻlana va b. oʻsadi.

Ensiklopediya.uz
JONIKMAR TOGʻI