JONDOR TUMANI haqida
JONDOR TUMANI
JONDOR TUMANI — Buxoro viloyatidat tuman (1935-y. 17 yanv. da tashkil etilgan. 1962-y. 24 dek. dan Buxoro va Romitan tumanlari tarkibida boʻlgan, 1967-y. 9 yanvda qayta tuzilgan). Jondor tumani jan.-gʻarbdan Olot, Qorakoʻl tumanlari, sharq va shim.-sharqdan Buxoro, Romitan, Peshku tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 5,17 ming km2. Aholisi 123,7 ming kishi (2001). Jondor tumanida 1 shaharcha (Jondor), 13 qishloq fuqarolari yigʻini (Aleli, Dalmun, Lolo, Mirzayon, Navrabot, Oqshix, Romish, Poʻloti, Samonchuq, Sepatta, Xumdanak, Xumin, Qorali) bor. Markazi — Jondor shaharchasi.
Tabiati. Jondor tumani Buxoro vohasida Zarafshon daryosi quyi oqimining shim.gʻarbida, choʻl zonasida joylashgan. Relyefi, asosan, tekislik, qisman botqoq va shoʻrxoklar ham bor. Hududining qolgan qismi choʻl (Urganchchoʻl va Oʻrtachoʻl) yaylovlaridan iborat. Tekisliklar bagʻrida aloxida doʻngliklar (Uchbosh, Shoʻrquduq) uchraydi. Iqlimi keskin kontinental, choʻl iqlimi. Baʼzan, Urganchchoʻldan garmsel esib turadi. Vegetatsiya davri 218 kun. Bahor sernam, yoz uzoq davom etadi, serquyosh, QURUQ, jazirama issiq, kuz qisqa va qishi iliq, baʼzan ayozli. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 0—0, G, iyulniki 28—30. Yillik oʻrtacha t-ra 15—16ʻ. Minimal t-ra —27ʻ, maksimal t-ra 45ʻ. Yillik yogʻin qariyb 125—130 mm, aksariyat qismi fev. —mart oylariga toʻgʻri keladi. Tuman hududidagi obikor yerlar dastlab Zarafshon daryosidan sugʻorilgan. Amu-Buxoro mashina kanalining, ayniqsa Jondor tarmogʻining ishga tushirilishi tufayli hoz. kunda Amudaryo suvi bilan taʼminlanadi. Vohadagi obikor yerlarning tuprogʻi madaniy oʻtloqi, boʻz tuproqlar (baʼzi joylarda bu tuproqlar shoʻrlangan). Choʻl qismini qumli, gipsli, gilli, qumli choʻl, qoʻngʻir tusli sur, taqir, taqirli na shoʻrxok tuproqlar egallagan. Yovvoyi oʻsimliklardan daryo terrasa va qayirlarida qamish, roʻvak, bugʻdoyiq, shoʻrajriq, kampirsoch, itgunafsha, yulgʻun, shoʻrxok yerlarda pashmakshoʻra, oqshoʻra, qumli choʻllarda oq saksovul, boyalich, quyonsuyak, selin, astragal va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan qumli choʻlda sudraluvchi va kemiruvchilar, qushlardan qirgʻovul, loyxoʻrak, soʻfitoʻrgʻay, zargʻaldoq chumchuq va b. yashaydi.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar (95,6%); shuningdek, rus, tojik, qozoq, turkman va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 kmg gʻa 24 kishi toʻgʻri keladi, vohada esa 250 — 300 kishiga yetadi. Aholining 93% qishloqlarda yashaydi.
Xoʻjaligida yetakchi tarmoq q. x. dir. Asosan, paxta ekiladi. Chorvachilik, polizchilik, pillachilik ham rivojlangan. Tokzor va mevazorlar bor. Oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoqlari mavjud boʻlib, ularning aksariyati tuman markazida joylashgan. Plastmassa, vino, konserva z-dlari, non, SuT k-tlari, Navoiy jamoa xoʻjaligi hududida Buxoro paxta tozalash z-dining filiali, «Xadan» (Oʻzbekiston — Xitoy) qoʻshma korxonasi mavjud. Tumanda jamoa, shirkat, ijara, dehqon, fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatmokda. Sugʻoriladigan yer maydoni 28,2 ming ga. Shu jumladan donli ekinlar 7,5 ming ga, texnika ekinlari 17,5 ming ga, kartoshka, poliz, sabzavot 1,3 ming ga, yem-xashak 1,9 ming ga yer maydonini egallaydi (1999). Chorvachilik goʻsht-sut va jun-teri yetishtirishga ixtisoslashgan. Jondor tumani xoʻjaliklarida 45,4 ming qoramol, 105,3 ming qoʻy va echki, 35,8 ming parranda boqiladi. Oʻrmon xoʻjaligi 66,4 ming ga maydonda joylashgan. Bu yerda koʻchat yetishtirish yoʻlga qoʻyilgan. Qumli joylarida, asosan, saksovul, qandim, cherkez oʻsadi.
Jondor tumanida 52 umumiy taʼlim maktabi (30 ming oʻquvchi), litsey, sanatoriy-internat, musiqa maktabi, iqtidorli bolalar internati, 42 kutubxona, madaniyat uylari, 2 muzey bor.
Tumanda 365 oʻrinli kasalxona, 20 qishloq vrachlik punkti, 12 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 1 poliklinika va 23 feldsher-akusherlik punkti boʻlib, ularda 194 vrach xizmat qilmoqda. Tuman hududidan Buxoro—Turkmanobod xalqaro avtomagistrali oʻtadi.
Jondor tumanida toʻrtta yirik tarixiy obida mavjud: Mahmud Torobiy daxmasi (13a.), Varaxsha yodgorligi (7-a.), Shaxri Islom qalʼasi, Qizbibi meʼmoriy majmuasi (16-a.). 1935-y. dan «Jondor ovozi» gaz. chiqadi.
Ad.: Tursunov M., Jondor va jondorliklar, Buxoro, 1995.
Ensiklopediya.uz
JONDOR TUMANI