JOME at-TAVORIX haqida
JOME at-TAVORIX
«JOME at-TAVORIX» («Tarixlar toʻplami») — tarixiy asar. Muallifi — Rashiduddin Fazlulloh 1302—10/11 y. larda fors tilida yozilgan, 3 qismdan iborat: 1-qism «Taʼrixi Gʻozoniy» deb atalib, Gʻozonxon farmoniga binoan bitilgan. Unda moʻgʻullar, Chingizxon va moʻgʻullar barpo qilgan davlatlar, xususan, Hulokuiylar davlati tarixi (1304-y. gacha) yoritilgan. 2 – qism Oʻljoytuxon topshirigʻiga koʻra kashmirlik Kamalashri, xitoylik Li Dachji, fransiyalik bir monax va ikki fors olimi ishtirokida yaratilgan boʻlib, u Islom olamining moʻgʻullar istilosidan ilgarigi tarixi, qad. yahudiylar, franklar, Rim imperatorlari, Hindiston va Xitoy tarixi, shuningdek, Sharqiy Yevropa xalqlariga doyr maʼlumotlardan iborat. 3 – qiyom esa Yetti iqlim geografiyasiga bagʻishlangan boʻlib, u bizgacha yetib kelmagan. Hofizi Abru bu asarga Shohrux farmoniga binoan «Zayli Jome at-tavorix» nomli ilova yozib, unda Eron tarixi bayonini 1371-y. gacha yetkazgan. «Jome at-tavorix at-t.»ning 16-a. da eski oʻzbek tiliga oʻgirilgan ikki nusxasi (Uzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti, Turkmaniston FA Til va adabiyot in-ti fondlarida) mavjud boʻlib, ulardan birining tarjimoni Muhammad Ali ibn Darvesh Ali Buxoriy, ikkinchisiniki Solur bobo ibn Qul Alidir. «Jome at-tavorix att.» fransuz (1836, 1911), chex (1941), rus (1858, 1868, 1888, 1968) va b. tillarga ham tarjima qilinib nashr etilgan.
Ad.: Ahmedov B. A., Oʻzbekiston xalqlari tarixi manbalari, T., 1991.
Ensiklopediya.uz
JOME at-TAVORIX