JOGIR haqida

JOGIR haqida

JOGIR

JOGIR, joygir (fors. — joy ol) — Boburiylar saltanati davrida Hindistonda keng tarqalgan yer egaligi shakllaridan biri. Jogir egasi — jogirdor — J. dan undirilgan davlat soligʻining bir qismini olgan. Buning evaziga muayyan miqdorda qurollangan jodi otliqlar, artilleriya va yuk tashuvchi hayvonlar saqlashi hamda koʻproq, sugʻorish inshootlari qurishi va ularni taʼmir qilib turishi lozim boʻlgan. Jogir yerlari tez-tez almashtirib turilgan. 17-a. ning 2-yarmidan boshlab Jogir yer egalarining xususiy mulkiga aylana boshlagan.

Ensiklopediya.uz
JOGIR