JOʻYI ARZIZ haqida

JOʻYI ARZIZ haqida

JOʻYI ARZIZ

JOʻYI ARZIZ (fors. – qoʻrgʻoshin ariq) — Afrosiyoʻbni suv bilan taʼmin etgan qad. kanal. Taxm. 8-a. oxiri — 9-a. boshlarida qurilgan. Joʻyi arziz pishiq gishtdan qurilib, ichki qismi qalay bilan qoplanganligi uchun tarixiy manbalarda «Joʻyi arziz» nomi bilan tilga olinadi. Joʻyi arziz krldikdarini 1946-y. da arxeolog A. I. Terenojkin Samarkand dehqon bozorining roʻparasidan topgan. Joʻyi arziz kattaligi 59x40x9 sm, 42x42x9 sm, 28x49x9 sm, 36x49x9 sm lik pishiq gʻisht bilan kul aralash ohak qorishmasidan qurilgan. Samarqandni suv bilan taʼmin etishda muhim inshoot boʻlgan Joʻyi arzizni muhofaza qilishga alohida ahamiyat berilgan. Is-taxriyning (10-a.) yozishicha, bu inshootga yil davomida qarab turish otashparastlar zimmasiga yuklangan. Bu xizmatlari uchun ular jon soligʻidan ozod etilgan. Joʻyi arziz 1220-y. moʻgʻullar tomonidan vayron qilingach, Afrosiyob suvsiz qolib, xarobaga aylangan.

Ensiklopediya.uz
JOʻYI ARZIZ