JOʻRAYEVA Gulsum Temirovna haqida

JOʻRAYEVA Gulsum Temirovna haqida

JOʻRAYEVA Gulsum Temirovna

JOʻRAYEVA Gulsum Temirovna (1954.24.6, Vobkent tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Buxoro ped. in-tini tugatgan (1975). 1975-y. dan Vobkent tumanidagi 8-maktabda oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi. Joʻrayeva taʼlim-tarbiya jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanadi. Maktabda oʻzbek tili va adabiyoti boʻyicha sinfdan tashqari ishlarni tashkil etib, oʻquvchilarning yozma va ogʻzaki nutqini rivojlantirish, oʻzbek xalqining boy adabiy merosini urganish va shu orkali ularning maʼnaviyatini shakllantirishga katta eʼtibor beradi.

Ensiklopediya.uz
JOʻRAYEVA Gulsum Temirovna