JOʻRAQAND haqida
JOʻRAQAND
Mundarija
скрыть
JOʻRAQAND — qovunning oʻrtapishar navi. Xalq seleksiyasida yaratilgan. Shakli choʻziq, ellipssimon yoki tuxumsimon. Poʻsti silliq, bir oz gʻadir-budur, uz. 18 — 23 sm, ogʻirligi 2—3 kg. Yoppasiga toʻr bilan qoplangan, toʻrlari yirik, dagʻalroq. Eti qalin (4—4,5 sm), oq, baʼzan och yashil, muloyim, sal karsillaydi, shirin. Tarkibida 12,1% quruq modda, 9,5% qand, shu jumladan 7,2% saxaroza bor. Urugʻi Joʻraqand qovun navi. oʻrtacha, sargʻish. Urugʻidan unib chiqqandan soʻng birinchi xrsili 78—90 kunda pishadi. Oqpalak kasalligiga chidamliroq. Hosildorligi 20—28 t/ga. Asosan Toshkent, Fargʻona viloyatlarida ekiladi.
Ensiklopediya.uz
JOʻRAQAND