JOʻRA QAYROQ AVLODI haqida

JOʻRA QAYROQ AVLODI haqida

JOʻRA QAYROQ AVLODI

JOʻRA QAYROQ AVLODI — gʻijduvonlik xalq qoʻgʻirchoqbozlari:

1) Joʻra qayroq (1796—1898) — mash-hur xalq qoʻgʻirchoqbozi, raqqos (qayroq bilan raqsga tushgan, laqabi shundan), surnaychi, qoʻgʻirchoqbozlar toʻdasining raqbari; 2) Hamro (1818—1910) —«chodir jamol» xalq qoʻgʻirchoq teatrining taniqli ustasi, anʼanaviy «Kachal Polvonning sarguzashtlari» xalq komediyasini yaratgan;

3) Narzullo (1908—62) — xalq qoʻgʻirchoqbozi. Oʻz toʻpi bilan «Dangasa er va zarbdor xotin» komediyasini yaratgan;

4) Nasrullo Hamroyev (1936) — xalq qoʻgʻirchoqbozi. Xalq qoʻgʻirchoq teatrini hoz. zamon talablari darajasida rivoj-lantirishga intiladi. 1966-y. da anʼanaviy syujetlar asosida yozilgan «Kachal Polvon uylanadi» (M. Xalil), «Laqma laycha» (H. Rahmat, T. Mahramov), «Quyonboyning tugʻilgan kuni» (B. Omonov) va b. pyesalar sahnalashtirildi.

Ad.: Qodirov M., Xalq qoʻgʻirchoq teatri, T., 1972.

Muhsin Qodirov.

Ensiklopediya.uz
JOʻRA QAYROQ AVLODI