JIZZAX VILOYAT QOʻGʻIRCHOQ TEATRI haqida

JIZZAX VILOYAT QOʻGʻIRCHOQ TEATRI haqida

JIZZAX VILOYAT QOʻGʻIRCHOQ TEATRI

JIZZAX VILOYAT QOʻGʻIRCHOQ TEATRIbolalar teatri. 1983-y. Jizzax sh. da tashkil etilgan. A. Mamatov, 3. Mahmudovalar teatrning ilk aktyorlaridir. «Oʻjar quyoncha» (M. Suponin) spektakli bilan ochilgan. Eng yaxshi spektakllari: «Farhod va Shirin» (A. Navoiy), «Tomoshada tomosha» (M. Ashurova), «Makkor tulkicha» (V. Pavlovskiye), «Kashmir qoʻshigʻi» (Sh. Rashidov), «Tomosha» (K. Qodirov, N. Normat), «Boʻgʻirsoq» (Ye. Patrik), «Quvnoq ayiqchalar» (M. Polivanova), «Obi hayot» (M. Ashurova), «Shoʻx xoʻtikcha» (Temurbek), «Semurgʻ» (H. Olimjon) va b. J. Muxtorov, J. Mamarahimov, 3. Mamarahimova, 3. Mahmudova, F. Yoʻldoshev, F. Hasanov va b. teatrning yetakchi aktyorlaridir. Oʻzbekiston Respublikasi qoʻgʻirchoq teatrlari 3-festivalida «Farhod va Shirin» spektakli bilan festivalning eng oliy mukofotiga sazovor boʻlgan (1992). Teatrning sahnalashtiruvchi rej. — Rustam Aliyev (2002). 1998-y. AQSHda gastrolda boʻlgan.

Abduvohid Xoʻjayev.

Ensiklopediya.uz
JIZZAX VILOYAT QOʻGʻIRCHOQ TEATRI