JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI haqida

JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI haqida

JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI

JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTIkimyo texnologiyasi, avtomobil va avtomobil xoʻjaligi, bino va inshootlar qurilishlari, fermer xoʻjaliklari va b. boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1989-y. da Toshkent politexnika in-ti Jizzax boʻlimi tashkil etilib, 1990-y. da Toshkent arxitektura-qurilish in-ti Jizzax boʻlimiga aylantirildi. 1992-y. da Toshkent kimyo-texnologiya in-ti Jizzax boʻlimi, Toshkent avtomobil transporti va yoʻllari in-ti Jizzax umumtexnika f-ti, Toshkent arxitektura-qurilish inti Jizzax boʻlimlari birlashtirilib Jizzax politexnika instituti tashkil etildi. In-tda avtomatika, muhandislik iqtisodiyoti, sanoat texnologiyasi va qurilish f-tlari hamda sirtqi f-tlari mavjud. In-tda kunduzgi boʻlimda 13 ta yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar, 4 ta mutaxassislik boʻyicha magistrlar; sirtqi boʻlimda 16 ta yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar tayyorlanadi. 2000/2001 oʻquv yilida 1900 dan ortiq talaba taʼlim oldi; 18 ta kafedra va 4 ta ilmiy lab. boʻlib, unda 143 prof.oʻqituvchi, jumladan 1 akad., 13 fan d-ri va prof., 49 fan nomzodi, 20 dotsent ishladi. In-tda aspirantura, 40 oʻquvchiga moʻljallangan tayyorlov kursi mavjud. In-t kutubxonasida 67 mingdan ziyod asar saqlanadi. 2002-y. gacha 6500 dan optiq, mutaxassis tayyorlandi.

Ensiklopediya.uz
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI