JIZZAX ISSIQNON AKSIYADORLIK JAMIYATI haqida

JIZZAX ISSIQNON AKSIYADORLIK JAMIYATI haqida

JIZZAX ISSIQNON AKSIYADORLIK JAMIYATI

JIZZAX «ISSIQNON» AKSIYADORLIK JAMIYATI — «Oʻzdon mahsulot» davlat aksiyadorlik korporatsiyasi tizimida faoliyat koʻrsatadi. Jizzax non zavodi 1953-y. da Jizzax sh. da tashkil qilingan. 1994-y. da hoz. nomdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan. Korxona sutkasiga 12 t non va non mahsulotlarini i. ch. quvvatiga ega. Korxonada 20 turdagi non va un mahsulotlari ishlab chiqariladi. Qoʻshimcha qandolat mahsulotlari, yaxna ichimliklar va mahsulotning boshqa turlarini i. ch. yoʻlga qoʻyilgan. Italiya texnologiyasi asosida makaron mahsulotlari i. ch. sexi toʻla quvvati bilan ishlaydi (2001).

Ensiklopediya.uz
JIZZAX ISSIQNON AKSIYADORLIK JAMIYATI