Jizzaх kichik biznes olgan daromadlar boʻyicha yetakchilik qilmoqda

Jizzaх kichik biznes olgan daromadlar boʻyicha yetakchilik qilmoqda

jizzad185 kichik biznes olgan daromadlar bocabbyicha yetakchilik qilmoqda 660bb063ce67bDavstatqoʻm aholining 2018 yildagi jami daromadi umumiy hajmini hisoblab, uning tuzilmasini taqdim etdi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga koʻra, 2018 yil yanvar–dekabr oylarida aholining jami daromadi umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 62,6%ni tashkil etgan.

 

Eng koʻp hajm Jizzaх viloyatiga toʻgʻri kelgan – 73,2%, eng kami Toshkentga – 51,7%.

 

Umuman olganda aholi jon boshiga jami daromadning yuqori oʻsish sur’atlari Surхondaryo va Xorazm viloyatlarida kuzatilgan – 11,3%. Jizzaх viloyatida – 11,1%, Buхoro viloyatida – 9,9%, Qoraqalpogʻiston Respublikasida – 9,5%, Fargʻona viloyatida – 9,2%, Navoiy viloyatida – 8,8% va Samarqand viloyatida – 8,5%.

 

Jami daromadlar umumiy hajmining sezilarli darajada oʻsishi umumiy daromadlar tarkibida 71,1% ulushga ega boʻlgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning sezilarli oʻzgarishi hisobiga yuzaga kelgan.

 

Mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning mintaqalar jami daromadi tarkibidagi eng koʻp ulushi Navoiy viloyatida (84,2%) kuzatilgan. Aksincha, Toshkentda, Xorazm. Samarqand, Namangan, Fargʻona, Andijon viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida u respublika boʻyicha oʻrtacha darajadan past boʻlgan. 

 

Davlat statistika qoʻmitasining «Aholi umumiy daromadlari (2018 yil yanvar–dekabr)» hisoboti.

 

 

Savollarga javoblar
Jizzaх kichik biznes olgan daromadlar boʻyicha yetakchilik qilmoqda

manba:norma.uz