Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish foydalari
Ommabop bo‘lgan sport turlariga quyidagilar kiradi: futbol, suzish, velosiped haydash, basketbol, voleybol, tennis, kurash va hokazo.
Jismoniy tarbiya vazifalari
Jismoniy tarbiya insonning jismoniy xususiyatlarini rivojlantirish, uning sog’lig’ini mustahkamlash, bu esa sog’lom avlodni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Jismoniy tarbiya maqsadlari
Bunday ta’limning maqsadi insonning maksimal jismoniy rivojlanishi, uning malakasini oshirish, axloqiy fazilatlarni tarbiyalashdir. Ushbu maqsadga erishish uchun belgilangan barcha vazifalarni hal qilish kerak.
Jismoniy tarbiya vazifalari
Asosiy vazifalar quyidagi guruhlarda aniqlanadi:
- Sog’lomlik:
- jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish;
- qattiqlashuv;
- estetik fazilatlarni rivojlantirish (yaxshi durust, harakatlar madaniyati).
- vosita sifatini shakllantirish;
- yangi bilimlarni olish.
- shaxsiy fazilatlarni rivojlantirish (chidamlilik, intizom, kollektivizm tuyg’usi);
- aqliy qobiliyatlarni rivojlantirish (xotira, e’tibor);
- gigiena ko’nikmalarini tarbiyalash, o’zini o’zi boshqarish odatlari.
Yuqoridagi barcha jismoniy tarbiya vazifalari o’zaro munosabatlarda hal qilinishi kerak.
Jismoniy tarbiya vositalari
Jismoniy tarbiya maqsadiga erishish uchun vositalar qo’llaniladi:
- Jismoniy mashqlar.
- Tananing qattiqlashishi .
- Gigiena vositalari (kun tartibiga rioya qilish).
- Barkamol ta’limning vazifalari va vositalari asosiy maqsad – kuchli va sog’lom avlodni tarbiyalashga erishish uchun mo’ljallangan!
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash vazifalari
Maktabga borishdan oldingi davr bolani qiyoslash, zarur ko’nikmalarni egallash uchun maqbuldir. Jismoniy tarbiya hayotiy tizimlarning ishini yaxshilaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi vazifalari quyidagilardan iborat:
- Sog’lomlik (qattiqlashish, to’g’ri turish, tezlikni rivojlanish, chidamlilik).
- Ta’lim (jismoniy tarbiya sohasiga qiziqishning rivojlanishi, bolaning yoshiga mos bo’lgan ko’nikmalar shakllanishi).
- Ta’limdagi vazifalar (jasorat, halollik, qat’iyatlilik).
Jismoniy tarbiya vazifalarini takomillashtirish
Jismoniy tarbiya bilan shug’ullanadigan sog’lomlashtirish vazifalari orasida, birinchi navbatda, salomatlikni mustahkamlash, tananing ish qobiliyatini oshirish, chidamlilik, to’g’ri nafas olish texnikasini o’zlashtirish va duruşni shakllantirish alohida o’rin tutadi. Shunday qilib, jismoniy tarbiya murakkab sharoitda amalga oshirilishi kerak, so’ngra maqsad osonroq bo’ladi.
Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish foydalari
Sportning hayotimizda tutgan o‘rni beqiyosdir. U insonning ruhan va jismonan yetuk bo‘lishida katta ahamiyat kasb etadi. Quyida jismoniy mashqlar bajarishning foydalari haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Jismoniy tarbiyaning sog‘liqqa foydalari:
- sport bilan muntazam shug‘ullanish uzoq umr ko‘rishning eng oddiy yo‘lidir.
- kishi sport bilan shug‘ullanganida organizmi yaxshi chiniqadi, muskullari tez charchamaydi. Chiniqqan odamning nerv- endokrin , yurak-qon tomir, nafas olish va boshqa hayotiy muhim a’zolari hamda to‘qimalarining ish faoliyati ortadi.
- sport mashg‘ulotlari odam tanasidagi to‘qimalarning tez yangilanishi, uning yosh, sog‘lom va tetik saqlanishiga sabab bo‘ladi.
- taloqda limfotsitlar hosil bo‘lishi ko‘payib, organizmning yuqumli kasalliklardan himoyalanish qobiliyati (immunitet) kuchayadi.
- kam harakatlilik ( gipodinamiya ) yurak faoliyatini kuchsizlantiradi. Natijada yurak-qon tomir va boshqa kasalliklar yuzaga keladi.
- mashqlar orqali qon aylanishi tezlashadi, miyamizga kislorod boradi, mushaklar kuchayib, bo‘g‘imlarning harakatini ta’minlaydi, ruhiy taranglik yo‘qolib, energiya ortadi.
- sport bilan shug‘ullanuvchilarda yurak klapanlari va muskullari yaxshi rivojlanib, uning hajmi boshqalarnikiga qaraganda kattaroq bo‘ladi.
- o‘pkaning tiriklik sig‘imi ortadi (4500-6500 ml . ga etadi), nafas olish va qon aylanish a’zolari yaxshi rivojlanadi.
- odatda zaiflashgan, chiniqmagan tanada mikroblar yashashi va ko‘payishi uchun qulay sharoit topadi. Natijada bunday odam kasallanadi.
- jismoniy mashqlar tufayli yurak, buyrak, o‘pka va tomirlar kuchga to‘ladi, tomirlar kengayadi va elastik holatga keladi. Shunday qilib tomirlardagi yog‘ nisbati, xolesterin , shakar va insulin pasayadi. Tananing yog‘ nisbati kamaysa, o‘zimizni kuchli his etamiz, asab tizimi sog‘lom bo‘ladi.
- xotirani kuchaytirishning eng muhim sharti asablarning sog‘lom bo‘lishidir. Buning uchun esa badantarbiya bilan shug‘ullanish lozim.
- uy sharoitida jismoniy mashqlar bajarish yoki biron sport turi bilan shug‘ullanish hozirda keng tarqalgan semirishning oddiy davosidir. Zero, semirish ish faoliyatini pasaytiradi, sog‘liqni zaiflashtiradi .
- jismoniy tarbiya mashqlari kishiga ko‘tarinkilik va ruhiy dalda bag‘ishlaydi. Bunday holda ishlar unumli va sog‘liq joyida bo‘ladi.
- agar kishi bir kunda 10 daqiqa jismoniy mashqlar bajarsa, u daqiqasiga yuragining 10 marta urishini “tejab” qolar ekan. Bu bir yilda 500.000 martani tashkil qiladi. Mana shu yo‘l bilan yurak-qon tomir kasalliklaridan forig‘ bo‘lish, yurakni sog‘lom qilish, infarktdan qutulish mumkin.
- aqliy mehnat jismoniy mehnat bilan almashtirib turilsa, odam uzoq vaqt charchamaydi, ishi unumli bo‘ladi. Chunki aqliy mehnat davrida miyadagi qo‘zg‘algan markazlar jismoniy mehnat vaqtida dam oladi. Chunonchi, ilm olishda har 40-60 daqiqada 5-6 daqiqa badantarbiya mashqlari bajarilsa, miyaning zo‘riqishidan paydo bo‘ladigan nevroz kasalligining oldi olinadi.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Sog‘liq uchun eng foydali 7 ta sabzavot
Jismoniy tarbiyaning iymonga foydalari:
- sport mashg‘ulotlarini bajarish natijasida asab tizimi mustahkamlanib, noo‘rin g‘azablanish oldi olinadi, odamning irodasi mustahkamlanadi. Imom Buxoriy naql qilgan rivoyatda aytilishicha, nasihat so‘rab kelgan kishiga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “G‘azablanma!” deganlar.
- sport bilan shug‘ullangan odam jismonan va ruhan kuchli bo‘ladi. Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “ Allohga har bir yaxshilikda kuchli mo‘min kuchsiz mo‘mindan afzal va sevimliroqdir” (Imom Muslim rivoyati). Demak, ham imon, ham badan jihatidan kuchli bo‘lgan mo‘min ustun ekan. Chunki badan quvvatli bo‘lsa, har bir ishda shijoatli va sabrli, ibodatda ixlosli va odamlarga yaxshilik qilishda davomli bo‘ladi.
- bolalarni yoshligidan chiniqtirib borish, ularga zamon talab qiladigan ba’zi muhim ishlarni, sport turlarini, jumladan, suzish, ot minish, o‘zini himoya qilish usullarini o‘rgatib borish lozim. Shariatimizda bu ishlarga alohida urg‘u berilgan.
- sport bilan muntazam shug‘ullanganda nafs yomonliklaridan tiyilish osonroq kechadi. Jumladan, shahvoniy nafsdan. Sport va foydali ilm bilan shug‘ullanilsa , xayolga har xil yomon fikrlar kelmaydi. Shahvatlar uchun sarflanishi mumkin bo‘lgan jismoniy kuch sport mashg‘ulotlariga ketadi.
Jismoniy mashq bajarganda burun orqali nafas olib, uni og‘izdan chiqarishga odatlanish kerak. Buning natijasida nafas harakatlarida ishtirok etuvchi qovurg‘alararo muskullar va diafragma yaxshi rivojlanadi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi ortadi.
Ommabop bo‘lgan sport turlariga quyidagilar kiradi: futbol, suzish, velosiped haydash, basketbol, voleybol, tennis, kurash va hokazo.
Sport bilan shug‘ullanish bilan birga o‘z vaqtida dam olish va vitanminlar bilan to‘yingan mahsulotlarni me’yorida iste’mol qilish ham lozim. Shunda, Allohning izni bilan, kishi sog‘lom bo‘ladi.
Sport bilan shug‘ullanishda yosh, jismoniy holat, sog‘liq va vaqtga e’tibor berish kerak.
Жисмоний тарбия
Жисмоний тарбия, бадан тарбия – соғлиқни мустаҳкамлашга, одам организмини уйғун равишда ривожлантиришга қаратилган умумий тарбиянинг узвий қисми. Жамиятдаги жисмоний маданият аҳволини билдирувчи кўрсаткичлардан бири. Жисмоний тарбиянинг асосий воситалари: жисмоний машғулотлар, организмни чиниқгириш, меҳнат ва турмуш гигиенаси. Бундай т. ақлий, ахлоқий, меҳнат ва эстетик тарбия билан қўшиб олиб борилади.
Ибтидоий даврдан бошлаб жисмоний тарбияга алоҳида эътибор қаратилган. Дастлаб у жисмоний машқлар, турли ўйинлар, меҳнат жараёнлари, овчилик, ҳарбий ҳаракатларга ўхшатилган мусобақалар ва синовлар шаклида мавжуд бўлган, турли маросимларни акс эттирган. Кейинчалик ёшларни қиличбозлик, чавандозлик, камондан отиш, яккама-якка кураш маҳоратга ўргатиш жамиятнинг асосий вазифаларидан бирига айлана борган. Уйғониш даврида жисмоний тарбияга эътибор янада кучайди. Гуманистлар жисмоний тарбияни ўқув дастурига киритишга уринганлар. Бадан тарбияга ўрта асрларда Европада оилавий тарбия ва мактабдаги педагогик жараённинг муҳим қисми сифатида қарала бошланди. Ж. Ж. Русо «Эмиль ёки Тарбия тўғрисида» деб аталган педагогик рисоласида жисмоний тарбиянинг болаларнинг ақлий камолоти ва меҳнат тарбиясидаги аҳамиятини таъкидлаган. 18-а. да, асосан, Руссо ғоялари таъсирида Германияда пайдо бўлган «инсонпарварлик ва яхши хулқ мактаблари» — филантропинлар жисмоний тарбиянинг шакл ва услубларининг такомиллашувига олиб келади. Гимнастка машқлари мактаб дастурларидан мустаҳкам ўрин олади. 19-а. охири ва 20-а. бошида Франция, Буюк Британия ва бошқа мамлакатларда жисмоний тарбиянинг миллий тизимлари таркиб топди.
Ўзбекистонда жисмоний тарбияга жуда қадимдан саломатликни мустаҳкамлашнинг асосий воситаси деб қаралган. Маҳмуд Кошғарийнинг «Девону луғоти турк» асарида 100 дан зиёд халқ ўйинлари тўғрисида маълумот берилган. «Алпомиш» ўзбек халқ қаҳрамонлик достони, Алишер Навоийнинг «Фарҳод ва Ширин», Зайниддин Восифийнинг «Бадое ул-вақое» («Нодир воқеалар»), Бобурнинг «Бобурнома» асари ва бошқа(лар)да жисмоний, жанговар машқлар, кучлилик баҳс-мунозараларининг хилма-хил намуналаридан ҳикоя қилинади.
Ўзбекистонда мустақиллик йилларига келиб жисмоний тарбия ва спорт давлат сиёсати даражасига кўтарилди. 1992 й. да (2000 й. да эса янги таҳрирда) «Жисмоний тарбия ва спорт тўғрисида» ги қонуннинг қабул қилиниши, 1993 й. да Соғлом авлод давлат дастурининг ишлаб Йиқилиши, Вазирлар Маҳкамасининг спортнинг алоҳида турларини ривожлантиришга оид ва, ниҳоят, 1999 й. да «Ўзбекистонда жисмоний тарбия ва спортни янада ривожлантириш чра-тадбирлари тўғрисида» ги қарори жисмоний тарбиянинг ҳуқуқий асосларини яратди.
Жисмоний тарбиянинг кенг тармоқли тизими: оилвий-мактабгача давр (чакалоқликдан бошлаб боғча ёшидаги), мактаб ёши, ўрта махсус ва олий таълим даври ҳамда катта ёшдаги (эркак ва аёллар) бадан тарбиясини ўз ичига олади. Ўзбекистонда умумтаълим мактабларидаги жисмоний тарбия педагогик жараён ҳисобланиб, унинг дарслари, спорт секцияларидаги машғулотлар орқали амалга оширилади. «Умумий ўрта таълим мактаблари учун жисмоний тарбиядан давлат таълими стандарти» бўйича 1-9-синфлада ҳафтасига 2 соатдан жисмоний тарбия дарслари жорий этилган. Ўқувчи-ёшлар ўртасида жисмоний тарбияни янада оммалаштириш ва уларнинг саломатлигини мустаҳкамлаш мақсадида 1999 й. да махсус тест синовлари ишлаб чиқилди. Мазкур тестларни муваффақиятли топширганлар учун 3 даражали «Алпомиш» ва «Барчиной» нишонлари таъсис этилди. Шунингдек, мактаб ўқувчилари учун «Умид ниҳоллари», лицей-коллеж ўқувчилари учун «Баркамол авлод», олий ўқув юрти талабалари учун «Универсиада» оммавий мусобақаларини ҳар 2 й. да ўтказиш йўлга қўйилди. Халқ ўйинлари ва оммавий спорт турлари бўйича ҳар 2 й. да «Алпомиш ўйинлари» фестивали ҳамда «Тўмарис ўйинлари» ўтказиб келинади.
Жисмоний тарбиянинг илмий-амалий асослари ва шу соҳа мутахассислари Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институти, олий ўқув юртларининг ф-тлари ҳамда бўлимларида тайёрланади. Республикада б та олимпия ўринбосарлари билим юрти, 8 та олий спорт маҳорати мактаби ва 369 та болалар-ўсмирлар мактабида ҳам ўқувчиларга жисмоний тарбиядан сабоқ берилади. «Ёшлик» кўнгилли спорт ташкилоти, «Ватанпарвар» мудофаага кўмаклашувчи ташкилоти, «Динамо» спорт клуби каби спорт жамиятлари аҳолининг турли катламларини машғулотларга жалб этишга хизмат қилади.
Qiziqarli malumotlar
Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish foydalari