Jinsiy yo’l bilan yuqadigan infektsiyalar — tashxislash, davolash, oldini olish, asoratlari

Jinsiy yo’l bilan yuqadigan infektsiyalar — tashxislash, davolash, oldini olish, asoratlari

Jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklar (JYYK) yoki jinsiy yo’l bilan yuqadigan infektsiyalar (JYYI) — ushbu atamalar ostida jinsiy aloqa orqali yuqadigan infektsion kasalliklar tushuniladi.

Mahalliy tibbiyotda faqat jinsiy yo’l bilan yuqadigan infektsiyalar odatda venerik kasalliklar guruhiga (sifilis, gonoreya, donovanoz, yumshoq shankr) ajratiladi. Boshqa JYYKlar ko’pincha boshqa usullar bilan yuqadi: parenteral (OIV, gepatit B, gepatit C), bevosita aloqa (qo’tir), vertikal (xlamidioz).

svg%3EJinsiy yo'l orqali yuqadigan kasalliklar yoxud infektsiyalar

Tasnifi

Jinsiy aloqa orqali yuqadigan infektsion kasalliklarga (venerik) quyidagilar kiradi:

Shartli patogen va saprofit mikroflora tomonidan chaqiriladigan kandidozli kolpit, nomaxsus uretrit va bakterial vaginoz kabi kasalliklar jinsiy yo’l orqali yuqadigan kasalliklarga kirmaydi, ko’pincha ular bilan birgalikda ko’riladi (va nomutaxassislar xatosi tufayli shu sinfga taalluqli deb qaraladi).

Bakterial infektsiyalar

  • Chov granulyomasi (lot. granuloma inguinale) — Calymmatobacterium granulomatis bakteriyalar turi chaqiradigan infektsion kasallik.
  • Yumshoq shankr (lot. Ulcus Molle) jinsiy yo’l bilan yuqadigan infektsion kasallikdir. Kasallikning qo’zg’atuvchisi — Haemophilus ducreyi bakteriyasi. Kasallik asosan Afrikada, Markaziy va Janubiy Amerikada keng tarqalgan. O’zbekistonda juda kam qayd qilinadi.
  • Sifilis (zaxm) — surunkali tizimli venerik inektsion kasallik bo’lib, teri, shilliq qavat, ichki a’zolar, suyaklar, asab tizimini shikastlaydi va ketma-ket bosqichlar bilan almashadi. Kasallik qo’zg’atuvchisi Treponema pallidum (oqish treponema) bakteriyalari, pallidum kichik guruhiga, Treponema avlodiga (qadimgi yunon — trepo — buraman, nema — ip), Spirochaetaceae ( qad.yun. speira — o’rama, chaite — soch) oilasiga mansubdir.
  • Venerik limfogranulyoma — jinsiy yo’l bilan o’tadigan surunkali kasallikdir. Qo’zg’atuvchilari Chlamydia trachomatis ning L1, L2 va L3 invaziv serovarlari.  U chov, son, yonobsh va chuqur tos limfa tugunlarining o’ziga xos shikastlanishi bilan tavsiflanadi.
  • Xlamidioz — xlamidiya (Chlamydia trachomatis) tomonidan chaqiriladigan jinsiy yo’l bilan yuqadigan infektsion kasallikdir. Bu jinsiy aloqa orqali yuqadigan eng ko’p uchraydigan infektsion kasalliklardan biri hisoblanadi. Statistika ma’lumotlariga ko’ra, har yili xlamidioz bilan 100 million odamlar kasallanadi, yer yuzida xlamidiya bilan infektsiyalanganlar soni esa eng kamtar hisob-kitoblarga ko’ra bir milliard kishini tashkil etadi. JSST va ko’plab mahalliy va xorijiy tadqiqotchilar fikricha, urogenital xlamidioz jinsiy yo’l bilan yuqadigan eng keng tarqalgan kasalliklardan biridir, shu sababli zamonaviy venerologiya uchun siydik-tanosil tizimi a’zolarining nogonokokkli atalmish yallig’lanish kasalliklarini davolash uchun samarali vositalarini topish jiddiy vazifa hisoblanadi.
  • Gonoreya (qadimgi yunon γόνος «urug’ suyuqligi» va ῥέω «oqaman») yoki so’zak — grammanfiy diplokokk (lot. Neisseria gonorrhoeae) tomondan chaqirilgan infektsion kasallik. Jinsiy yo’l bilan yuqadi va siydik-tanosil a’zolari shilliq qavatini zararlashi bilan xarakterlanadi. Venerik kasalliklar guruhiga mansub. Gonoreya ko’pincha jinsiy yo’llarining shilliq qavatiga ta’sir ko’rsatadi, lekin to’g’ri ichak shilliq qavati va kon’yunktivaga (bu holda, kasallik blennoreya deb ataladi) ham ta’sir ko’rsatishi mumkin .
  • Mikoplazmoz — ko’pincha mikoplazma tufayli siydik-tanosil tizimi shikastlanadigan surunkali infektsiya.
  • Ureaplazmoz — hujayra qobig’idan mahrum bo’lgan maxsus grammanfiy mikroorganizm — Ureaplasma urealyticum tomonidan chaqiriladigan kasallik. Insonga infektsiya tug’ilishi vaqtida kasallangan onasidan yuqishi mumkin: mikroblar tug’ruq paytida bolaning jinsiy yo’llariga kirishi va u yerda nofaol holatda butun umr saqlanishi mumkin. Masalan, bolalarni tekshirayotganda, 5% holatlarda qinni ureaplazmalar bilan kolonizatsiyasi aniqlanadi.

Virusli infektsiyalar

  • OIV — odam immunotanqisligi virusi, oxirgi bosqichi orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) bilan ko’plarga tanish bo’lgam OIV-infektsiya kasalligini chaqiradi.
  • Ikkinchi turdagi oddiy gerpes virusi (ingl. Herpes simplex virus 2, HSV-2, Human herpesvirus 2) — odamlarda jinsiy a’zolar infektsiyalarini (genital gerpes) keltirib chiqaradigan Herpesviridae oilasiga mansub viruslar. Bu virus neyrotrof va neyroinvaziv hisoblanadi, ya’ni yuqganidan keyin asab tizimiga o’tadi. Virus ayniqsa immuniteti zaif kishilar uchun xavflidir, masalan OIV-infektsiyalangalar, shuningdek, yaqinda a’zolarni ko’chirib o’tkazish bo’yicha operatsiyalarni boshdan kechirganlar uchun, chunki ko’chirib o’tkazishda qo’llaniladigan dori-darmonlar immunitet tizimini bostirish xususiyatiga ega.
  • O’tkir uchli kondilomalar — kondilomalarning bu turi tana rangidagi kichik bo’rtmachalar bo’lib, ular jinsiy a’zolarda, orqa chiqaruv teshigi atrofida, ba’zida esa og’izda paydo bo’lishi mumkin. Odatda, ular virusli infektsiyadan kelib chiqadi, qo’zg’atuvchisi — odam papillomavirusi (OPV).
  • Odam papillomavirusi (HPV — Human Papillomavirus) papillomaviruslar avlodi, papovaviruslar oilasiga mansub virusdir. U faqat insondan insonga uzatiladi va to’qima o’sishi xususiyatini o’zgartiradi. OPVning 100 dan ortiq turi fanga ma’lum. Ularning 40 dan ortig’i erkaklar va ayollarning anogenital traktini (tanosil a’zolari va orqa chiqaruv teshigi) shikastlashi va o’tkir uchli kondilomalar paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin. Ulardan ba’zilari zararsiz, ba’zilari esa so’gal, saratonga sabab bo’ladi.
  • Gepatit B — virusli kasallik bo’lib, qo’z’g’atuvchisi gepadnavirus oilasiga mansub gepatit B virusi (maxsus adabiyotlarda «HBV virusi», «GB virusi» yoki «GBV» deb atalishi mumkin). Virus turli fizik va kimyoviy omillarga chidamliligi bilan ajralib turadi: past va yuqori haroratlarga (shu jumladan qaynashga ham), qayta-qayta muzlash va erishga, uzoq vaqt davomida kislotali muhit ta’siriga. Tashqi muhitda xona haroratida gepatit B virusi bir necha haftaga qadar saqlanishi mumkin: hatto quruq va ko’zga tashlanmaydigan qon dog’ida, britvada, ignaning uchida. Qon zardobida + 30 ° C haroratda virusning infektsionligi 6 oy davom etadi, -20 °C da taxminan 15 yil. 30 daqiqa davomida avtoklavlash, 160 °C quruq issiqlik bilan 60 daqiqa davomida sterilizatsiyalash, 60 °C da qizidirishda 10 soat davomida inaktivatsiyalanadi.
  • Sitomegalovirus (ingl. Cytomegalovirus, CMV) — bu gerpesviruslar (Herpesviridae) oilasiga mansub viruslardir. Ilmiy nomlanishi qadimgi yunon tilidan olingan: ‘cytos — hujayra’ + ‘megas — katta’ + ‘lat. virus — zahar’. Human herpesvirus 5 (HCMV-5 yoki odam gerpes virusi 5) vakili hisoblanadi va odamlarni infektsiyalab, sitomegaliyaga olib kelishi mumkin.
  • Kontagioz mollyusk — (yangi lot. molluskum contagiosum) qo’zg’atuvchisi chechak viruslaridan biri bo’lgan teri kasalligidir. Odatda teri shikastlanadi, ba’zan esa shilliq qavatlarga ham ta’sir qiladi. Ko’pincha  infektsiya bir yoshdan o’n yoshgacha bo’lgan bolalarda uchraydi. Infektsiya bemor bilan bevosita aloqa yoki ifloslangan kundalik turmush buyumlari orqali yuqadi. Odatda, kattalardagi virusli infektsiya tashqi jinsiy a’zolar, sonlar, dumba yoki qorinninng pastki qismi terisi ustida bo’rtib chiqqan tugunchalar shakllanishiga olib keladi. Ular yarimshar shakliga ega bo’ladi. Rangi teri rangi bilan bir xil yoki biroz pushtiroq bo’ladi. Tugunchaning o’rtasida insonning kindikiga o’xshash botiqlik mavjud. Ushbu og’riqsiz shikastlanmalar infektsiyalangandan 3-6 hafta o’tgach paydo bo’ladi va diametri 1 mm dan 1 sm gacha o’zgarib turadi. Tugunchani bosganda, xuddi ugriga o’xshab, oqimtir tiqin chiqadi. Ko’pincha kontagioz mollyusk jiddiy muammolarga olib kelmaydi va taxminan 6 oy davomida o’z-o’zidan yo’qoladi; shuning uchun barcha hollarda davolanish talab qilinmaydi.
  • Kaposhi sarkomasi (Kaposhi angiosarkomasi) terining ko’plab yomon sifatli o’smalari bilan tavsiflanadi. Birinchi bo’lib venger dermatologi Moritz Kaposhi ta’riflagan va kasallikka uning nomi berilgan.
  • Zika virusi — Flavivirus avlodiga mansub virus.

Protozoal infektsiyalar

Trixomoniaz siydik-tanosil kasalliklari orasida tarqalganligi jihatidan birinchi o’rinda turadi. Bundan tashqari, trixomoniaz jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklar orasida ham birinchiliklar qatorida. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (1999 yil) ma’lumotlariga ko’ra, dunyo aholisining 10 foizi trixomoniazdan aziyat chekmoqda. Trixomoniaz har yili qariyb 170 million kishida qayd qilinadi. Qo’zg’atuvchi agenti qin trixomonadasi (Trichomonas vaginalis) hisoblanadi.

Trixomoniaz, birinchi navbatda, bepushtlik, homiladorlik patologiyalari va shunga o’xshash asoratlarni keltirib chiqarishi bilan xavflidir. Erkak organizmida trixomoniazninig asosiy yashash joyi — siydik yo’llari, prostata bezi va urug’ pufakchalaridir, ayollarda — qin. Ammo organizmga birinchi marta kirganida, trixomonadalar doimo uretritga olib keladi. Yuqish kasallik tashuvchisi yoki kasallangan bemor bilan jinsiy aloqa qilish orqali amalga oshadi. Inkubatsion davri 1-4 hafta.

Zamburug’li infektsiyalar

Kandidoz (molochnitsa) — zamburug’li infektsiyaning turlaridan biri, Kandida (Candida albicans) avlodiga mansub achitqisimon mikroskopik zamburug’ tomonidan chaqiriladi. Ushbu avloddagi barcha vakillar shartli patogen hisoblanadi.

Kandida avlodiga mansub mikroorganizmlar ko’plab sog’lom odamlarning og’iz, qin va to’g’ri ichak normal mikroflorasi tarkibiga kiradi. Kasallik faqatgina Kandida zamburug’larining mavjudligi bilan emas, balki ularning ko’payishi va / yoki zamburug’ning ko’proq patogen shtammlarining kiritilishi bilan bog’liq. Ko’pincha kandidoz umumiy va mahalliy immunitetning pasayishi bilan boshlanadi.

Parazitar kasalliklar

  • Ftiriaz (qov pedikulyozi, lot. Pediculosis pubis, Phthiriasis) — entomoz, terining parazitar venerik kasalligi bo’lib, qov biti tomonidan chaqiriladi.
  • Qo’tir (lot. scabies) — yuqumli teri kasalligi, mikroskopik parazit — qo’tir biti yoki qo’tir kanasi (lot. Sarcoptes scabiei var hominis) tomonidan chaqiriladigan akarodermatitlar guruhidagi akariaz. Kasallikning xarakterli xususiyatlariga qichish va papulovezikulyoz toshma kiradi, ko’pincha qashish davomida ikkilamchi infektsiya tufayli yiringli elementlar qo’shilishi qayd qilinadi.

Yuqish yo’llari

JYYIning asosiy xususiyati patogenlarning atrof-muhit sharoitiga nisbatan yuqori sezuvchanligi bo’lib, qo’zg’atuvchilar bilan infektsiyalanish uchun to’g’ridan-to’g’ri aloqa zarur bo’ladi.

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti » 2006-2011 yillarda jinsiy yo’l bilan yuqadigan infektsiyalarni oldini olish va ularga qarshi kurashish bo’yicha global strategiya»da «xavfsiz jinsiy xatti-harakatlar» tushunchasini ta’kidlaydi, unda:

  • Erkak va ayol prezervativlarni to’g’ri va tizimli ishlatish
  • Mahalliy bakteritsid moddalarni to’g’ri ishlatish;
  • Sindromli yoki laboratoriya diagnostikasi yordamida muntazam tekshiruvlardan o’tib turish;
  • Infektsiya tashxislanganda (yoki unga shubha bo’lganda) maxsus davolashni o’tash;
  • Jinsiy tiyilish;
  • Jinsiy sheriklarni xabardor qilish;
  • Gepatit B va odam papillomavirusi kabi onkogen viruslarga qarshi vaktsina olish.

Venerik JYYI guruhi himoyalanmagan jinsiy aloqa bilan yuqadi (shu jumladan oral-genital shakllar). O’pishish, og’zaki jinsiy aloqa va vibrator kabi jinsiy o’yinchoqlar bilan bo’lishish prezervativ bilan himoyalangan jinsiy aloqada ham kasallanish xavfini ko’paytiradi.

JYYK guruhi keng ma’noda boshqa yo’llarni bilan ham yuqishi mumkin. Xususan, odam papillomavirusini yaqin maishiy aloqa orqali yuqtirib olish mumkin, qin trixomonadasi nam muhitda o’z infektsion xususiyatlarini uzoq vaqt saqlay oladi (ho’l sochiq, silliq sirt). Qo’tir qo’zg’atuvchi bevosita  uy-ro’zg’or buyumlari bilan aloqa qilish orqali uzatilishi mumkin. Yuqishning vertikal yo’li bolani ona yoki ota tomonidan infektsiyalashini anglatadi. OIV infektsiyasi va Gepatit B va C uchun parenteral yuqish yo’llari ham xarakterlidir.

Tashxis

Tashxilash bemorni ko’rikdan o’tkazish, klinik alomatlarni aniqlash (siyish paytida og’riq, jinsiy az’olardan ajralma chiqishi), surtmalar olish va qon namunalarini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi. Ba’zi kasalliklarda (o’tkir uchli kondiloma) jismoniy alomatlar (og’riq, ajralma) umuman kuzatilmasligi mumkin. Barcha instrumental tekshirish usullari xatolarga ega, shuning uchun tashxis odatda bir necha turdagi tadqiqotlarga asoslanadi.

Namunalar laboratoriya tahlilini o’rganish uchun quyidagi usullar qo’llaniladi:

  • Surtma mikroskopiyasi (to’g’ridan-to’g’ri va lyuminestsent);
  • Bakteriyalarni sun’iy o’stirish usuli (namunani ozuqa sirtiga surtish, keyin ularning dorilarga qarshiligini tahlil qilish);
  • Patogenga antigenlarni aniqlash (IFT — immuno-ferment tahlillar va TIF — to’g’ridan-to’g’ri immunoflyuorestsentsiya usullari yordamida);
  • Patogen DNKsini aniqlash (PZR — polimeraza zanjiri reaktsiyasi usuli yordamida);
  • Qonda antitanalarni aniqlash (organizmning patogenga bo’lgan immunitetini).

Asoratlari

Davolanmagan va organizmda uzoq muddat mavud bo’lgan JYYKlar bir qator asoratlarga olib kelishi mumkin: erkaklar va ayollar bepushtligi, prostatit, bachadon va ortiqlarining yallig’lanishli kasalliklari, epididimit, jinsiy a’zolardagi o’smalar.

Jinsiy yo’l bilan yuqadigan infektsiyalarning asosiy qo’zg’atuvchilari va ular chaqiradigan kasalliklar
 Qo’zg’atuvchi Klinik namoyon bo’lishi va asoratlari
 Bakterial infektsiya
Neisseriagonorrhoeae  Gonoreya
  • Erkaklar: siydik chiqarish kanlidan ajralmalar ajralishi (uretrit), epididimit, orxit, bepushtlik
  • Ayollar: sersivit, endometrit, salpingit, tosning yallig’lanishli kasalliklari, bepushtlik, amniotik suyuqlikning erta ketishi
  • Har ikki jins: proktit, faringit, tarqoq gonokokkli infektsiya
  • Chaqaloqlar: konyuktivit, shox parda chandiqlanishi, ko’rlik
Chlamydiatrachomatis  Xlamidial infektsiya
  • Erkaklar: siydik chiqarish kanlidan ajralmalar ajralishi (uretrit), epididimit, orxit, bepushtlik
  • Ayollar: sersivit, endometrit, salpingit, tosning yallig’lanishli kasalliklari, bepushtlik, amniotik suyuqlikning erta ketishi, perigepatit, ko’pincha infektsiya alomatlarsiz kechadi
  • Har ikki jins: proktit, faringit, Reyter sindromi
  • Chaqaloqlar: konyuktivit, pnevmoniya
Chlamydia trachomatis(L1-L3 shtammlari)  Venerik limfogranulyoma
  • Har ikki jins: yaralar, chov limfadeniti, proktit
 Treponema pallidum  Sifilis
  • Har ikki jins: atrofidagi limfa tugunlari kattalashadigan birlamchi yara (qattiq shankr), toshma, keng kondilomalar, suyaklar, yurak-qon tomir va asab tizimi shikastlanishi
  • Ayollar: homiladorlikda murakkabliklar (abort, o’lik tug’ish), muddatidan oldin tug’ish
  • Chaqaloqlar: perinatal o’lim, tug’ma sifilis
 Haemophilus ducreyi  Yumshoq shankr
  • Har ikki jins: jinsiy a’zolarda og’riqli yaralar, ba’zan limfadenit bilan
Klebsiella(Calymmatobacterium)granulomatis  Donovanoz (chov granulyomasi)
  • Har ikki jins: chov va perinatal sohada limfa tugunlarining kattalashishi va yaralar
Mycoplasmagenitalium Mikoplazmoz
  • Erkaklar: siydik chiqarish kanlidan ajralmalar ajralishi (nogonokokkli uretrit)
  • Ayollar: bakterial vaginoz, ehtimol, tosning yallig’lanishli kasalliklari
Ureaplasma urealyticum  Ureaplazmoz
  • Erkaklar: siydik chiqarish kanlidan ajralmalar ajralishi (nogonokokkli uretrit)
  • Ayollar: bakterial vaginoz, ehtimol, tosning yallig’lanishli kasalliklari
Virusli infektsiyalar
Odam papillomasivirusi Jinsiy olat saratoni, bachadon bo’yni saratoni, o’tkir uchli kondilomalar
  • Erkaklar: jinsiy olat va anal sohasi o’tkir qirrali kondilomalari; jinsiy olat saratoni
  • Ayollar: vulva, bachadon bo’yni, anal sohadagi o’tkir uchli kondilomalar; bachadon bo’yni saratoni, orqa chiqaruv kanali saratoni
  • Chaqaloqlar: hiqildoq papillomatozi
Ikkinchi turdagioddiy gerpes virusi
  • Har ikki jins: perinatal sohadagi jinsiy a’zolarda vezikula va yaralar
  • Chaqaloqlar: neonatal gerpes (ko’pincha o’limli)
Odamimmunotanqislikvirusi Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS)
  • Har ikki jins: OIV tufayli rivojlangan kasalliklar, OITS

 

 Gepatit B virusi Gepatit
 Sitomegalovirus Sitomegalovirusli infektsiya
  • Har ikki jins: alomatlarsiz kechish, nomaxsus isitma, tarqoq (diffuz) limfadenopatiya, jigar shikastlanishi va boshqalar
 Zamburug’li infektsiyalar
 Candida albicans Kandidoz
  • Erkaklar: jinsiy olat boshining yuzaki infektsiyasi
  • Ayollar: qindan quyuq oqimtir ajralma ajralishli vulvovaginit, vulvaning qichishi va achishi
 Parazitar kasalliklar
 Sarcoptes scabiei Qo’tir

Davolash va oldini olish

JYYKni davolash uchun infektsiya qo’zg’atuvchisiga qarab antibiotiklar, antivirus yoki antiparazitar vositalar qo’llaniladi.

O’tkir qirrali kondilomalar radioto’lqin yoki boshqa usullar bilan yo’q qilinadi. Genital gerpesni davolashda mahalliy terapiya qo’llaniladi.

Yagona va sog’lom jufti bo’lmagan jinsiy faol shaxslar himoyalangan jinsiy aloqa qoidalarini yodda tutishlari kerak (prezervativ), biroq u ham infektsiyaning oldini olish uchun 100% kafolat bermaydi.

Barcha jinsiy faol shaxslarga yiliga bir marta sifilis, OIV, gepatit B uchun tekshiruvlardan o’tib turish tavsiya etiladi, hatto kasallik alomatlari kuzatilmasa ham.

Kasalliklar
asoratlari., davolash, Jinsiy yo’l bilan yuqadigan infektsiyalar — tashxislash, oldini olish