Jinsiy yaqinlik odoblari islomda

Jinsiy yaqinlik odoblari islomda

Jinsiy yaqinlik odoblari islomda

Mundarija скрыть
Jinsiy yaqinlik odoblari islomda
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Savol: Ayol kishi eri bilan yaqinlik qilgandan so‘ng, g‘usl qilmay turib, emizikli bolasini emizsa buladimi? Buning bolaga qanday ziyoni yoki ta’siri bo‘ladi?
Javob: Zarurat tug‘ilib qolgan holatlarda tahorat olib, keyin emizsa bo‘ladi. Vallohu a’lam.
Savol: Islomda erkak o‘z ayolining jinsiy a’zolariga qarashi va uni o‘pishi mumkinmi?
Javob: Islomda bu kabi ishlardan qaytarilgan. Vallohu a’lam.
Savol: Arafa, hayit kunlari o‘z jufti haloli bilan jinsiy aloqa qilishi mumkinmi?
Javob: Ramazondagi arafa kuni kishilar ro‘zador bo‘lishadi. Shuniing uchun iftorlikdan keyin kechasi bu ishlar joiz. Hayit kuni esa mutloq joiz. Vallohu a’lam.
Savol: Hayit kunlari jinsiy aloqada bulish mumkin emas deyishadi. Shu to‘g‘rimi?
Javob: Bu mutlaqo noto‘g‘ridir. Vallohu a’lam.
Savol: Er xotinining ko‘kragidan o‘psa bo‘ladimi?
Javob: Bo‘ladi, joizdir. Dinimizda bu narsa man qilinmagan. Vallohu a’lam.
Savol: Unashtirilgan yigiti yoki sevgani bilan uchrashib, quchoqlashsa gunohmi?
Javob: Nikoh o‘qilib, to‘y e’lon qilinmaguncha bunday ishlarni qilish gunoh hisoblanadi. Vallohu a’lam.
Savol: Kechasi xotin bilan qo‘shilgandan keyin ko‘pincha uxlab qolaman va bomdod payti uyg‘onib, keyin g‘usl qilaman. Shu mumkinmi?
Javob: Buning zarari yo‘qdir. Bomdodni qazo qilmasdan o‘qib olsangiz, kifoya. Vallohu a’lam.
Savol: Insonga ayolini quchoqlashida va unga yaqinlik qilishida ajr bo‘lishi mumkinmi?
Javob: Rasululloh sallollohu alayhi vasallam er-xotinning yaqinlik qilishlarida ham ajr bordir, chunki ular bu bilan o‘zlarini haromdan saqlaydilar deb marhamat qilganlar. Vallohu a’lam.
Savol: Ayol kishining (ya’ni, nikohidagi ayolining) avratini ushlasa yo aksincha ayol kishi erining avratini ushlasa bo‘ladimi?
Javob: Buning zarari yo‘q. Lekin sof tabiatli inson bunday ishni qilmaydi.
Savol: Ayol kishini og‘iz bo‘shlig‘i bilan qoniqtirsa bo‘ladimi?
Javob: Yo‘q, joiz emas. Er-xotin o‘rtasidagi jinsiy muomalalar ham islom odoblari doirasida bo‘lishi lozim. Islom shariatining talabi – yaratilgan har bir narsadan o‘z o‘rnida foydalanishdir. Siz aytayotgan ish esa maqtalingan axloqlarga, islomning go‘zal odoblariga xilofdir. Sof tabiatli inson bunday ishni qilmaydi. Shuni ham unutmaslik kerakki, bunday ishlar sababli tupuk aralash maniy yoki maziy kabi iflos najosatlarni yutib yuborishi ehtimoldan xoli emas. Bu esa haromdir. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qilgan: “Albatta, Alloh chin tavba qiluvchilarni va obdon poklanib yuruvchilarni sevadi”. (Baqara surasi, 222-oyat). Ushbu oyatda Alloh taolo obdon poklanib yuruvchilarni sevadi deyilyapti. Shuning uchun najosat tegishi ehtimoli bor narsalardan ham saqlanishimiz lozim bo‘ladi. Tana a’zolaridan bosh qismidan bo‘lgan yuz insonning eng ulug‘ a’zosi hisoblanadi. Ilm-ma’rifat shu joyda joylashgan. U joydan hikmatlar chiqadi. Undan tashqari Qur’on o‘qiydigan tilning bunday najosatlarga yoki najosat o‘rinlariga tegishi loyiq emasdir. Sof tabiatli taqvodor inson ayolidan lazzat olganda ham ehtiyotkorlik va taqvo yo‘lini lozim tutishi kerak. Shuni ham aytib o‘tishimiz lozimki, bunday ishning ortidan saraton kabi ayrim bedavo kasalliklarning kelib chiqishi bugungi kunda isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Inson qasddan o‘zini kasallikka tashlashi esa shar’an man qilingan. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati

Jinsiy yaqinlik odoblari islomda