Jinsiy olatni kattalashtirish
Olatning kattaligi siydik chiqarish va erektsiyaga ta’sir qilmaydi. Shuning uchun odatda jinsiy olatni kattalashtirish bo’yicha har qanday operatsiya — bu faqat kosmetologik jihatdan kerakli bo’lishi mumkin va bu plastik jarrohlik klinikalaridan tashqari boshqa hech qayerda tavsiya etilmaydi. Dastlab shu kabi operatsiyalar shikastlanish yoki tug’ilish nuqsonlari tufayli siydik chiqarishga qiynaladigan erkaklar uchun ishlab chiqilgan edi, keyinchalik ular erkaklar jinsiy a’zosini uzunroq qilish uchun qo’llanila boshlandi. Jarrohlik o’tkazilgandan keyin jiddiy asoratlar yuzaga kelish ehtimoli mavjud: Shuning uchun bunday usullarga oxirgi chora sifatida murojaat qilish kerak: jinsiy olatni uzaytirishni istasangiz emas, balki tibbiy muammolar mavjud bo’lganda. Jinsiy olat kattaligini o’zgartiradigan bir nechta usullar mavjud. Bu olat va suyak orasidagi boylamni ajratish bo’yicha o’tkaziladigan operatysiyadir. Suyakka tortilib turmaydigan jinsiy a’zo erektsiya holatida uzunroq ko’rinadi, chunki u boylam bilan tortilib turmaydi. Amalga oshirilishida illuziyalarga berilmaslik kerak. A’zo ikki baravar ham, hatto bir yarim baravar ham uzunroq bo’lmaydi. Hech bir jarroh, agar u vijdonli bo’lsa, jinsiy olatning qanchalik kattalashishini aniq aytmaydi. Har bir holat har bir bemorning anatomik xususiyatlariga bog’liq, 3 sm dan ko’proq uzayishi — bu yoki omad, yoki afsonadir. Shuning uchun bu operatsiyani boshdan o’tkazgan bemorlarning faqatgina 35 foizi aralashuvdan mamnun bo’lishadi. Muvaffaqiyatli operatsiyadan keyin ham ba’zi noj’oya ta’sirlar paydo bo’lishi mumkin. Masalan, boylamning ajratilishi (kesilishi) tufayli erektsiya vaqtida olatning ko’tarilish burchagining o’zgaradi, qov terisining bir qismi (tuklari bilan) olat asosining bir qismiga aylanadi. Qanday ko’rinishini tasavvur ham qilmang. Jinsiy a’zoni qalinlashtirish uchun, silikondan yoki bemorning o’z to’qimasidan tayyorlangan turli xil implantatlar qo’llaniladi. Bu munozarali muolajalar bo’lib, ular ham ko’plab qarshi ko’rsatmalarga ega. In’yektsiya yordamida ham olatni qalinlashtirsa bo’ladi. Bemordan yog’ to’qimasi olinib, jinsiy olatning ichiga yuboriladi. Natijada, a’zo shishadi va kengayadi. Ammo uzoq muddatga emas: usul juda ko’p noxush oqibatlarga olib keladi. Eng keng tarqalgani — yog’ to’qimasi teri ostida tartibsizlik bilan harakatlana boshlaydi. Natijada, ba’zi joylarda to’plamlar shakllanadi, boshqa joylarda esa — chuqurlar. A’zoning shakli va ko’rinishini to’g’rilash uchun faqat jarrohlik aralashuvi o’tkazish mumkin. Jinsiy olatni «uy sharoitida» kattalashtirish va qalinlashtirish usullari, sirlari mavjud emas. Cheksiz uzayishini va’da qilgan barcha narsalar marketing fokuslari yoki to’g’ridan-to’g’ri yolg’ondir. Quyida aniq yordam bermaydigan usullar keltirilgan: Jinsiy olatni uzaytirish uchun tabletkalar — vitaminlar, o’simliklar, noyob masalliq ekstraktlari va gormonlardan tarkib topgan oziq-ovqat qo’shimchalaridir. Bular olatning kattaligini o’zgartirmaydi. Bundan tashqari, ular dori sifatida ro’yxatdan o’tkazilmagan, ya’ni hech kim bunday mahsulotlarni nazorat qilmaydi. Shuning uchun tabletkalar aslida nima ekanligi ma’lum emas (eng yaxshisi, ular hech narsa bo’lmaganligi). Ularning tarkibi tabletka qo’shimchalari bilan bir xil, faqat chiqarilish shakli boshqacha. Mahalliy qo’zg’alish xususiyati yoki shishganligi sababli, vaqtinchalik kattalashganlik ta’siri sezilgandek bo’lishi mumkin, lekin bu yoqimsiz va xavflidir: bunday kosmetik vositalar ham nazorat qilinmaydi va tekshirilmaydi. Reklamalar shubhali saytlarga jalb qiladi va jinsiy olatni soda yordamida kattalashtirish yoki soda va «yulduzcha» kremi aralashmasi, boshqa shu kabi g’alati aralashmalardan iborat bo’lgan vositalarni taklif etadi. Tarkibiy qismlarni qanday nisbatda aralashtirishni taklif etishmasin, biz bu aralashmani olatga surtishni tavsiya etmaymiz, va umuman olganda, boshqa tana qismlariga ham. Buning mexanik ta’siri jinsiy olatga qon kelishi kuchayadi va natijada uning biroz shishishiga olib keladi, shuning uchun a’zo bir muddat kattalashgandek ko’rinadi. Ammo bu tezda o’tib ketadi va nasoslardan tez-tez foydalanilsa, jinsiy olatning to’qimalariga zarar yetkazish mumkin, natijada uning shakli o’zgaradi yoki erektsiya bilan bog’liq muammolar boshlanadi. «Jelking» usuli — bu erektsiyani ushlab turish bilan jinsiy olatni asosidan boshigacha tortib, o’z-o’zini massaj qilishdir. Boshqa DIY usullarida bo’lgani kabi, mashqlar samara berishi haqida dalillar yo’q, asoratlar esa mavjud: og’riq va deformatsiyalar. Shuningdek operatsiyasiz yana bir usul mavjud — ekstender qo’llash, uning samarasini kichik tadqiqotlar tasdiqlagan. Bir necha oy davomida ekstender qo’llash orqali olatning 1-3 sm ga uzaytirish mumkin. Ammo bu tadqiqotlar juda kichikdir va usulning 100% samarali ekanligini tasdiqlamaydi. Bundan tashqari, mustaqil ravishda kengaytirish tavsiya etilmaydi: bu qon tomirlariga zarar yetkazishi, siydik yo’llarining torayishi, priapizmga olib kelishi mumkin. A’zo kattaligi asosiy narsa emasligi necha bor takrorlanmasin, erkaklar baribir tashvishga tushishda davom etishmoqda. Eng qiziqarli jihati shundaki, so’rovlar natijalariga ko’ra, 85% hollarda ayollar sherigining jinsiy a’zosi kattaligi qoniqarli deb hisoblashadi. Biroq, erkaklar o’z a’zosi uzunligi va kenligidan faqatgina 55% holatda qoniqadi. Kichkina o’lchamlarni o’ydan chiqara olmasangiz, hech bo’lmaganda sizning qo’lingizda bo’lgan narsalarni qilishga harakat qiling. Olatni kattalashtirishning haqiqiy imkoniyati — atrofidagi narsalarni kamaytirishdir. Rosti, bu faqat tana vazni ortiqcha bo’lgan erkaklarga tegishlidir. Ba’zida atrofdagi to’qimalar jinsiy a’zoni yashirmasligi uchun shunchaki ozish yetarli bo’ladi. O’rtacha kattalikdagi a’zo ustidagi qattiq press mushaklari katta a’zo ustidagi osilib turgan qorindan ancha yaxshi ko’rinadi. Yana osonroq usuli — atrofdagi tuklarni tartibga keltirish. Masalan, trimmer yordamida. Erkaklar jinsiy a’zosini tabiiy o’stirish bo’yicha haqiqatda sinalgan usullar mavjud, faqatgina ular aynan shu maqsad uchun qaratilmagan. Umumiy salomatlikni qo’llab-quvvatlash jinsiy olat o’sishiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Buning uchun to’g’ri ovqatlanish, yetarlicha uxlash, oqsilga boy taomlar iste’mol qilish, testosteron darajasini oshirish uchun esa o’rtacha og’irlikdagi jismoniy mashqlar bajarish kerak. Maqoladagi ma’lumotlar kimlargadir yuzaki ko’rinishi mumkin, lekin ba’zi narsalar inobatga olinsa, barchasi o’z o’rniga tushadi: Va esda tuting: pornografiyalardagi namoyishlar — kasting natijalari va tasvirga olish xususiyatlari. Ko’pincha xayoliy muammo tufayli azob chekishdan ko’ra, jismoniy sog’likka, potentsiya va jinsiy aloqa texnikasiga e’tibor qarating.Jinsiy olatni kattalashtirish
DO`STLARGA ULASHING:
Qanday qilib jinsiy a’zoni operatsiya yordamida uzaytirish mumkin?
Ligamentotomiya
Olatni qalinlashtirish uchun operatsiyalar
Jinsiy olatni operatsiyasiz kattalashtirish
Tabletkalar
Kremllar, losyonlar
Jinsiy olatni soda yordamida kattalashtirish mumkinmi
Nasoslar (vakuum bilan tortish)
Olatni uzaytirish uchun mashqlar
Jinsiy olat kichik ko’rinsa nima qilish kerak
Maslahatlar
Jinsiy olatni kattalashtirish