JINSIY JINOYATLAR haqida

JINSIY JINOYATLAR haqida

JINSIY JINOYATLAR

JINSIY JINOYATLAR — jinsiy erkinlik va daxleizlikka jinoiy tarzda tajovuz qilish. Jinoyat huquqiga binoan, jamiyatda shakllangan jinsiy axloq qonun-qoidalarini qoʻpol ravishda buzgan shaxslar qonunga koʻra tegishlicha jazolanadi. Oʻzbekiston Respublikasi JKga muvofiq, quyidagi qilmishlar Jinsiy jinoyatlar sirasiga kiradi: nomusga tegish; jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib, gʻayritabiiy usulda qondirish; besoqolbozlik; ayolni jinsiy aloqaga majbur etish; 16 yoshga toʻlmagan shaxc b-n jinsiy aloqa qilish. Bu xil jinoyatlar, odatda, jabrlanuvchiga zoʻrlik ishlatib, qoʻrqitib, ruhiy zaifligidan, yoshligidan foydalanib sodir etiladi. Jinsiy jinoyatlar uchun qattiq jazo belgilangan (Oʻzbekiston Respublikasi JK 118—121, 128—129 moddalar).

Ensiklopediya.uz
JINSIY JINOYATLAR