Jinsiy faollikni mashqlar orqali oshirish haqida malumot

Jinsiy faollikni mashqlar orqali oshirish haqida malumot

Jinsiy tarbiya, sog‘lom jinsiy hayot, ko‘payish bularning barchasi hayotimizning biologik asosidir. Aynan, shu jarayonlar hisobiga biologik olam avlodan avlodga o‘tib, saralanib, moslashib, ko‘payib, saqlanib kelmoqda! Qani aytingchi, organizmda ko‘payishga bo‘lgan mayl (Jinsiy mayl) bo‘lmaganda, bugun odamlar, hayvonlar hattoki o‘simliklar ham bugungacha yetib kelarmidi?!

Jinsiy faollik

Shu sababdan ham bugungi mavzuyimizni “Jinsiy faollikni mashqlar yordamida oshirish” — deya nomladik. Biz quyida yoritmoqchi bo‘lgan mashqlarni androlog, ginekolog, urolog hamda seksopatologlar jinsiy a’zolar salomatligini, barqarorligini ta’minlash maqsadida tavsiya etishgan.  Mashqlar orqali prostatitdan, erta bo‘shalishdan, ayollardagi jinsiy a’zolardagi turli og‘riqlardan, jinsiy maylsizlikdan, siydik-tanosil a’zolaridagi turli shamollash kasalliklaridan forig‘ bo‘lishingiz mumkin.

Mashqlarni boshlasak bo‘ladimi?! Unda boshladik.

Erkaklarda ham ayollarda ham siydik chiqaruv nayida sfinkter (jo‘mrak) bor. Bu sfinkterni topish uchun peshob ajratish  vaqtida (Hojatxonada)  peshobni to‘satdan to‘xtatishga harakat qilib ko‘ring. Ana shu vaqtda biz aytayotgan sfinkterni topasiz. Bizning asosiy mashqimiz ana shu sfinkterni hosil qilgan mushak hamda uning atrofidagi mushaklarni chiniqtirish bilan bog‘liq. Mashqning asosida aytib o‘tilgan mushaklar harakatidan (o‘zaro ishqalanishidan) hosil bo‘lgan issiqlik ham yotadi. Hosil bo‘lgan issiqlik jinsiy a’zolar ayniqsa, prostata bezi faoliyatini tiklaydi hamda faollashtiradi.

  1. O‘zingizga yoqadigan musiqani o‘rtacha ovozda qo‘ying. Imkon qadar musiqa sokin bo‘lsin.
  2. Yotog‘ingizga cho‘zilib yotib oling. Yoki stul ustida o‘zingizga qulay ravishda o‘tirib oling.
  3. Sekinlik bilan sfinkterni qisqartib bo‘shashtiring. Ya’ni peshob ajratishni su’niy ravishda to‘xtatishga harakat qiling va sfinkterni (Mushakni) bo‘shashtiring!
  4. Sal tezlashing! Qisqarib bo‘shishni tezlashtiring. 2-3 qadiqa davomida qisqartib bo‘shashtiring.
  5. Endi esa sekin astalik bilan sekinlashamiz! Sekinlashishni to‘xtashgacha olib keling! Bu bosqichni ham huddi tezlashish bosqichi kabi 2-3 daqiqa davom ettiring!

Mashqlarni faqatgina o‘zingizga yoqqan vaqtda qilishingizni tavsiya etamiz! Chunki, bu mashqlar sizning ruhiy-emmotsional holatingizga juda-juda bog‘liq!

Yuqoridagi mashqlar ketma-ketligini 2 kun qiling! Va uchinchi kundan boshlab yuqoridagi sfinkter mushagiga qo‘shimcha sifatida najas ajratish qismida joylashgan, najasni ixtiyoriy ravishda tutib turishni ta’minlaydigan anal sfinkteri mushagini hamda shu sohadagi boshqa muskullarni ham qo‘shishingiz kerak! Sababi bu mushaklar o‘zaro ishqalanishi natijasida pastgi, jinsiy a‘zolar joylashgan sohalarda issiqlik paydo bo‘ladi, qon tomirlar kengayib moddalar alashinuvi tezlashadi, bezlardan gormonlar hamda boshqa sekretlarning sizntezlashishi, ajralishi tezlashadi!

Mashqlar ham huddi kunlik gimnastik mashg‘ulotlar, badantarbiya kabi odatingizga aylansa, seksopatologlarning ta’kidlashicha, jinsiy a’loqa vaqtida erkak ham ayol ham 1-2 soat davomida faol bo‘lishadi hamda jinsiy a’loqa ehtirosli ravishda cho‘ziladi!

Maqola tibbiyotga oid ilmiy manbalardan olinib,
ommabop uslubga aylantirildi.

Kasalliklar
Jinsiy faollikni mashqlar orqali oshirish