Jinsiy aloqa vaqtida va aloqadan keyin bel va umurtqada ogriq haqida to’liq ma’lumot oling

Jinsiy aloqa vaqtida va aloqadan keyin bel va umurtqada ogriq haqida to’liq ma’lumot oling

Jinsiy aloqa vaqtida va aloqadan keyin bel va umurtqada ogriq

Jinsiy aloqadan keyin bel va umurtqada ogriq bo‘lishi organizmda nosozlik borligi dalolati. Vahimaga hojat yo‘q. Ammo doktor ko‘rigiga ehtiyoj bor

Sabablari
Jinsiy aloqa vaqtida va aloqadan keyin ogriq bo‘lishi bir necha sababi bor. Umurtqa va bel sohasida ogriq bo‘lishi asosiy omillari:

Qorin pastki qismida chandiq va bitishmalar:
Chandiq va bitishmalar turli kasalliklardan keyin kelib chiqishi mumkin. Ular hayot uchun havfli emas. Ammo to‘qimalar elastikligini pasaytiradi. Natijada inson ma’lum darajada noqulaylik, diskomfort his qilishi mumkin

Umurtqa jarohatlari

Osteoxondroz bel qismida ogriqqa sababi bo‘la oladi. Jinsiy aloqa vaqtidagi noqulay poza yoki keskin harakatlar nerv tugunlarini bosib qo‘yadi.

Tos tubi mushak paylari shamollashi.
Bu holatda jinsiy aloqa bu mushaklarga qo‘shimcha yuklama keltirib chiqaradi. Tortuvchi ogriq paydo bo‘ladi

Jinsiy a’zolar kasalliklari.
Bu holatda qorin pastki qismida ezuvchi, simillovchi ogriq paydo bo‘ladi. Ba’zan oyoqlarga, asosan songa uzatilishi mumkin.

Jinsiy aloqa uchun noqulay joy
Er hotin jinsiy aloqa uchun noodatiy joy va o‘rin tanlashlari mumkin. Jinsiy aloqa qilganda harakatlari cheklangan bo‘ladi. Bel sohasida jinsiy aloqadan keyin kuchsiz ogriq paydo bo‘ladi

Jinsiy aloqadan keyin belda ogriq erkakda prostata bilan bogliq muammo borligi dalolati.

Ayollarda jinsiy alqadan keyin ogriq hayz oldi sindromi bo‘lishi mumkin. bunday holatda ayolda qorin pastki qismida ezuvchi, simillovchi ogriq bo‘ladi

Urug to‘kilmay turib to‘htatilgan jinsiy aloqa.
Ayniqsa bu erkaklarga zararli. Bu holatda erkakda prostatit va boshqa jinsiy a’zolar kasalliklari rivojlanadi. Bu kasalliklar ogriq beradi.

Ogriqni yengillashtirish mumkinmi ?
Ba’zi tavsiya va qoidalarga amal qilish mumkin:
Imkon darajasida erkak ayolnig tepasida uzala tushib yotgan pozada jinsiy aloqa qilmaslik kerak. Eng ma’qul poza tizza-tirsak pozasi. Er hotin ham eng qulay poza tanlashlari kerak. Umurtqani kuchli egib yubormaslik tavsiya etiladi

Qanaqa pozada jinsiy aloqa qilganda ham tos sohasi harakatlarini nazorat qilish kerak. Tos sohasi keskin va impulsiv harakat qilmasligi kerak.

Yonchalab qoshiqcha pozasida aloqa qilishga e’tibor qiling. Bu poza umurtqaga yuklamani pasaytiradi.

Eng ma’quli jinsiy aloqada faol pozitsiyani er hotinning soglomrogi egallashi.

Hulosa
Agar ogriqli holatlar yilda bir ikki bora kuzatilsa ogriqlaga e’tibor bermasa bo‘ladi. Inson keskin burililb yuborgan yoki mushaklarini biroz cho‘zib olganligi ehtimol. Lekin jinsiy aloqadan keyingi ogriq insonni tez tez o‘ylantirsa, u holda doktor ko‘rigi kerak bo‘ladi

©Dr. Fayzullo Abdulxayev

Malumotlar
Jinsiy aloqa vaqtida va aloqadan keyin bel va umurtqada ogriq