JIKLYOR haqida
JIKLYOR
Mundarija
скрыть
JIKLYOR (frans. gicler — purkash, toʻzitish) — ichki yonuv dvigateli silindrlariga beriladigan yonilgʻi (havo) miqdorini cheklaydigan va meʼyorlaydigan detaldagi kalibrlangan teshik. Karbyuratorsa boʻladi. Asosiy, qoʻshimcha, salt yurish, ekonomayzer, tezlatkich va havo Jiklyor lari bor. Asosiy va qoʻshimcha J. lar toʻzituvchi naychaga beriladigan yonilgʻini, salt yurish Jiklyori salt yurish kanallariga beriladigan yonilgʻini, ekonomayzer J. i ekonomayzerdan, tezlatkich Jiklyori tezlatish nasosidan keladigan yonilgʻini, havo Jiklyori salt yurish tizimi kanaliga beriladigan havoni cheklab va meʼyorlab turadi.
Ensiklopediya.uz
JIKLYOR