JIGARBAND haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
JIGARBAND haqida malumot bilib oling.

JIGARBAND — Amudaryoning Tuyamoʻyin qoyalari orasida (360 m gacha toraygan joyida) bino qilingan qad. istehkom xarobasi. Mahalliy nomi forscha — dahani sher (sher ogʻzi), arabcha — sakri shayton (shayton toʻgʻoni). 1945-y. da akad. Ya. Gʻ. Gʻulomov tomonidan tekshirilgan. Jigarband mil. av. 3—2 a. larda barpo qilinib, Chingizxon istilosi (13-a.) dan keyin xarobaga aylangan. 100×80 m kattalikdagi Jigarband muhim strategik ahamiyatga ega boʻlgan yerda joylashgan boʻlib, yaqinida shu nomdagi rabot va qishloq boʻlgan. Jigarband Xorazm vohasiga boriladigan suv va quruqlikdagi yoʻlni muhofaza qilib turgan. V. Bartold fikricha, Jigarband qishlogʻi oʻrnida oʻrta asrda Jaʼfarband sh. joylashgan.

Ensiklopediya.uz
JIGARBAND