Jigar yog’ distrofiyasi haqida malumot

Jigar yog’ distrofiyasi haqida malumot

Jigar yog’ distrofiyasi XXI asr kasalligi deb tan olingan. U siroz va jigar saratonini keltirib chiqarishi mumkin, unining rivojlanishini to’xtatishga esa jismoniy faoliyat va parhez yordam beradi.

Yog’li jigar — bu taomning nomi emas, bu aslida gepatotsitlar hujayralarida ortiqcha yog’ birikmalaridan kelib chiqqan jigarning patologik holatini bildiruvchi atama. Biroq, bu kasallikni boshqa nomlarini ham tez-tez uchratish mumkin: yog’li gepatoz, alkogolsiz yog’li jigar kasalligi, yog’li jigar distrofiyasi, steatoz. Bu qanday kasallik va uning davosi nima?

%D0%B1%D0%BE%D0%BB%D1%8C %D0%B2 %D0%BF%D0%B5%D1%87%D0%B5%D0%BD%D0%B8

Yog’li jigar qanday kasallik?

Bu kasallik yog’li taomlarni haddan tashqari ko’p iste’mol qilishdan kelib chiqadi deb o’ylashingiz mumkin. Ammo bu faqat qisman to’g’ri.

Alkogolsiz yog’li jigar kasalligi tanadagi metabolik kasalliklar bilan rivojlanadi. Bu XXI-asrning kasalligi bo’lib, u hozirgi kunda rafinadlangan oziq-ovqat mahsulotlarining ko’pligi bilan bog’liq. Bular to’yingan yog’lar va oddiy uglevodlar, shirin gazlangan ichimliklar, sharbatlar, fast food, konservalar va boshqalar. Demak, asosiy muammo yana noto’g’ri ovqatlanishda ekan. Ammo bu yagona sabab emas. Yana nimalar sabab bo’la oladi?

Jigar yog’ distrofiyasi sabablari

Ikkinchi sabab – past darajadagi jismoniy faollik va harakatsiz turmush tarzi. Ofisda o’tirish, televizor oldida bo’sh vaqt o’tkazish metabolizmni yomonlashtiradi va jigarda yog’ to’planishiga yordam beradi. Yuqori kaloriyali ovqatlanishni harakatsiz turmush tarzi bilan birlashtirish jigar yog’ distrofiyasining rivojlanishiga to’g’ridan – to’g’ri yo’ldir, deb ogohlantiradi mutaxassislar.
Agar  piyoda yurish va sport zaliga chiqishdan ko’ra uyda pitsa yeb serial ko’rishni afzal ko’rsangiz va bir necha bekat masofani bosib o’tish uchun taksi chaqiraversangiz, ehtimol, jigaringiz allaqachon sizdan rahm-shafqat so’ramoqda. Biroq, sabablar ro’yxati bu bilan tugamaydi.

Irsiyat yog’ kasalligining rivojlanishida ham rol o’ynaydi. Kasallik bir nechta oila a’zolarida paydo bo’lishi mumkin, bu tanadagi glyukoza va yog’ almashinuvi uchun mas’ul bo’lgan genlar tuzilishining buzilishi bilan bog’liq. Bundan tashqari, alkogolsiz yog’li jigar kasalligi metabolik sindromga ega odamlarda rivojlanadi, bu ayollarda bel aylanasi 80 smdan oshishi, erkaklarda 94 smdan oshishi, qon bosimi va qon glyukoza darajasining oshishi, yog’ almashinuvining buzilishi bilan namoyon bo’ladi.

Xavf omillari, shuningdek, insulin rezistentligini o’z ichiga oladi, bunda tana hujayralari insulinga nisbatan kamroq ta’sirchan bo’lib, uglevod, oqsil va yog’ almashinuvi buzilishiga olib keladi. Jigarda yog’ degeneratsiyasining rivojlanishi 2-toifa diabet va arterial gipertenziya kabi kasalliklar bilan bog’liq bo’lishi mumkin.

Jigar yog’ distrofiyasi belgilari

Kasallik xavflidir, chunki dastlab odam jigarda biron bir narsa noto’g’ri ekanligini tushunmasligi ham mumkin.
Ko’pincha yog’li jigar kasalligi dastlabki bosqichlarda belgilarsiz bo’lib, ba’zida ultratovush tekshiruvda tasodifan aniqlanib qolinadi. Kasallik zo’rayib borishi bilan ko’ngil aynishi (ko’pincha och qoringa), o’ng qovurg’a tomonda zaiflik va charchoqning kuchayishi, og’riq haqida shikoyatlar paydo bo’ladi.

Jigar yog’ distrofiyasini davolash

Ammo tan olish kerakki, ultratovush tekshiruvga shoshilinch ehtiyoj sezmasa hech kim bormaydi. Odatda, bemorlar shifokorga juda kech murojaat qilishadi. Bunda davolash qanchalik qiyin bo’ladi?

Jigar yog’ distrofiyasi – tananing ishi jiddiy muvaffaqiyatsizlikka uchraganligi haqida signal beradi. Ammo turmush tarzini o’z vaqtida o’zgartirish bilan bu kasallik butunlay tuzaladi. Yog’li jigar kasalligini davolashning asosiy siri dori-darmonlarni qabul qilishdan ko’ra, parhez va vaznni normallashtirishga e’tibor qaratishdir.

Diagnostika

Agar jigarda muammo borligiga shubha bo’lsa, birinchi navbatda kimga murojaat qilish kerak?
Alkogolsiz yog’li jigar kasalligi uchun tekshiruv gastroenterolog tomonidan belgilanadi. Diagnostikada laboratoriya usullari (qonning umumiy va biokimyoviy tekshiruvi, qondagi glyukoza miqdorini aniqlash, virusli gepatit va boshqalarni tekshirish) va instrumental (qorin bo’shlig’i organlarining ultratovush tekshiruvi, ba’zi hollarda jigar to’qimalarining zichligini baholashga imkon beradigan jigar elastometriyasi) qo’llaniladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi jigarda ortiqcha miqdordagi yog’ birikmalari mavjudligini aniqlashdir. «Alkogolsiz yog’li jigar kasalligi» tashxisini qo’yishdan oldin, erkaklar uchun kuniga 40 g.dan, ayollar uchun 20 g.dan ortiq spirtli ichimliklarni iste’mol qilish taqiqlanadi.

Zamonaviy davolash usullari

Yog’li jigarni davolashda asosiy narsa dori terapiyasi emas, balki to’g’ri ovqatlanish va jismoniy faoliyatdir.
Yog’li jigar kasalligi uchun optimal ratsion sabzavot, o’tlar va mevalar, don, dukkaklilar, yong’oqlar (kuniga bir hovuch), zaytun yog’idan (kuniga 4 osh qoshiq) iborat. Baliq va dengiz mahsulotlarini haftasiga kamida 2 marta, go’shtni esa haftasiga 2 martadan ko’p bo’lmagan holda iste’mol qilish maqbuldir, qush go’shtini esa ko’proq yeyish kerak. Ammo shirin gazlangan ichimliklar, qadoqlangan meva sharbatlari, tez tayyorlanadigan ovqatlar bundan mustasno. Shirinliklar, xamir ovqatlar, konservalar, kolbasalarni iloji boricha cheklaymiz. Agar bunday parhezga atigi 50% rioya qilsangiz ham, yog’li jigar kasalligining rivojlanishini to’xtatishingiz mumkin.

To’g’ri ovqatlanish – bu kurashning yarmi. Kuniga kamida 15 daqiqa jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish kerak. Bunga kunlik aerobik mashqlar kiradi: suzish, yurish, yugurish, velosipedda yurish, chang’i, tennis, gimnastika. Jigar bilan sportni nima aloqasi bor, deb so’rashingiz mumkin. Mushaklarga kislorod oqimi yog’ kislotalarini faolroq ishlatishga olib keladi va ularning jigarda to’planishiga to’sqinlik qiladi. Eng samarali bo’lgan, yoqimsiz hislar va mushaklardagi og’riqdan holi bo’lgan mashqlar kuniga 15 daqiqa bajarilsa, o’lim xavfi 14% ga kamayadi va yog’li jigar kasalligi bilan og’rigan bemorlarning umr ko’rish davomiyligini 3 yilga oshadi. Dorilar faqat parhez va mashqlar samara bermaganida qo’llaniladi.

Jigar yog’ distrofiyasining oldini olish

Bu kasallikni oldini olish oson: quyidagi 4ta qoidaga rioya qilish kifoya.

  • sog’lom ovqatlanish;
  • jismoniy faollik;
  • chekishni tashlash;
  • ortiqcha tana vaznini (agar mavjud bo’lsa) 7-10% ga kamaytirish.

Kasalliklar
Jigar yog’ distrofiyasi