Jigar — organizmning «Kimyo labaratoriya»si haqida malumot
Jigar odam organizmidagi eng katta parenximatoz organ bo‘lib, 300 mlrd jigar hujayralaridan (gepatotsitlardan) tashkil topgan, bu hujayralarda 2000 turdagi fermentlar joylashgan bo‘lib, ular organizmdagi hamma bioximik reaksiyalarda vositachi bo‘lib organizmdagi hayotiy jarayonlarda ishtirok etadi.Shuning uchun jigarni «organizmning kompleksli kimyo fabrikasi» deb atashadi. Jigar organizmni dezintoksikatsiyada, moddalar almashinuvini boshqarishda, o‘t ishlab chiqarish va ajratishda katta rol o‘ynaydi, qonni ivishini boshqaradi, immunitetni ushlab turadi.
Metabolik funksiyasi
Jigar qand, oqsil, yog‘ almashinuvida ishtirok etadi. O‘t ishlab chiqarish va ajratish. Gepatotsitlar o‘t ishlab chiqaradi va ajratadi, so‘ng o‘t yo‘li orqali konsentratsiyasi bo‘ladigan joyga, ya’ni o‘t pufagiga o‘tadi. Har kuni jigar 800 – 1000 mg o‘t ishlab chiqaradi. O‘t ingichka ichakda yog‘larni hazm bo‘lishida yordam beradi. Dezintoksikatsion ta’siri. Odam organizmidagi metobolik jarayonda hosil bo‘ladigan toksinlar, parchalanish mahsulotlari ajralib, ular jigar orqali zararsizlantiriladi. Bu jarayonlar oksidlanish, qaytarilish, yoki noorganik molekulalar bilan qo‘shilish orqali bo‘ladi. Bu moddalar detoksikatsiyadan so‘ng buyrak orqali chiqadi.
Qon ivishga ta’siri
Qonning ivish xususiyatiga ta’sir qiluvchi vaishtirok etuvchi barcha omillarjigarda ishlabchiqariladi va ular koagulyativ (ivish) vaantikoagulyativ (ivishga qarshi)sistemalarining ishida ishtirok etadi. Jigar funksiyasining buzilishi qon ivishining buzilishiga olib keladi. Jigar funksiyasining haddan tashqari buzilishi esa qon ketishdan o‘limga olib kelishi mumkin.
Immun funksiyasi
Jigar organizmdagi bor va hosil bo‘lgan zararli moddalarni fagotsitlaydi (yeydi), shu orqali immun tizimi bilan bevosita bog‘liqdir.
Boshqa funksiyalari
Jigar bir qancha jarayonlarda ishtirok etadi. Masalan organizmda qon hajmini va gidroelektrolit jarayonini boshqaradi. Agar jigar zararlangan bo‘lsa, elekrtolitlar disbalansi kelib chiqadi (gipokalemiya, giponatremiya, gipokalsemiya, gipomagnemiya, gipoxloromik alkaloz), suv – natriy gomeostazi (muvozanatining buzilishi) rivojlanish mumkin (suv – natriy to‘planadi) va shish paydo bo‘ladi.
Jigar disfunksiyasining namoyon bo‘lishi
Jigar kasallanishi organizmdagi ko‘pgina sistemalar ishining buzilishiga olib keladi. Misol uchun, jigar zararlanganda normal hazm qilish uchun kerak bo‘lgan o‘t ishlab chiqarish buziladi. Bu esa ishtaha pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish va boshqalarga olib keladi. Agar jigar hujayralari zararlangan bo‘lsa, zardob aminotrasferaza oshishiga, xolinolipaza kamayishi kuzatilib, bu kuchsizlik, tez charchash, uyquchanlikka olib keladi.
O‘t pigmentini almashinuvi buzilganda sariqlik kuzatiladi, qand almashinuvi buzilganda qondagi lipid miqdori o‘zgradi, xolesterin hosil bo‘lishi va esterifikatsion funksiyaning pasayishiga olib keladi.
Yog‘ almashinuvi buzilganda jigar semirishiga olib keladi.
Vitamin almashinuvi buzilganda paxilos, shabko‘rlik, shish, osteoparozga olib keladi. Qon ivuvchanlik buzilganda milk va burindan qon ketish kuzatiladi. Garmon almashinuvi buzilishi, jinsiy faoliyatni susayishi, hayz siklining buzilishi, teri arteriolalarining kengayishiga olib keladi.
Kasalliklar
Jigar — organizmning «Kimyo labaratoriya»si