JIGANOV Nozib Gayazovich haqida

JIGANOV Nozib Gayazovich haqida

JIGANOV Nozib Gayazovich

JIGANOV Nozib Gayazovich [1911.2(15).1, Uralsk — 1988, Qozon] — tatar kompozitori, pedagog, jamoat arbobi, milliy kompozitorlik maktabi asoschilaridan. Xalq artisti (1957), Tatariston (1939)da, Rossiya (1940) da, Chuvashiya (1969) da xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1938). 1945-y. dan Qozon konservatoriyasida rektor va oʻqituvchi, prof. (1953-y. dan). «Qochqin» (1939), «Oltin soch» (1941), «Jalil» (1957) va b. operalari, tatar kuylari asosida yozilgan syuita (1949), «Nafisa» poemasi (1952), 4 ta simfoniya, qoʻshiqlari mashhur. Davlat mukofoti laureati (1948, 1950, 1970).

Ensiklopediya.uz
JIGANOV Nozib Gayazovich