“Jeyms Uebb” Volf-raye yulduzi atrofidagi ko‘plab chang halqalari tizimini tadqiq qildi to’liq malumot oling
Halqalar yulduz shamollarining toʻqnashuvi natijasida hosil boʻlgan.
“Jeyms Uebb” fazoviy teleskopi Volf-raye yulduzini oʻz ichiga olgan ulkan WR 140 ikkilik tizimini oʻrab turgan 17—20 ta chang qobigʻidan iborat murakkab tizimni tadqiq qilib chiqdi. Olingan maʼlumotlar bunday ikkilik tizimlar galaktikalar hayotining dastlabki bosqichida uglerodli changning muhim manbai boʻlgan degan farazni tasdiqlaydi. Maqola Nature Astronomy jurnalida chop etilgan.
Taxminlarga koʻra, koinotdagi organik moddalarni oʻz ichiga olgan birinchi chang halqalari yorqin va qaynoq uglerodga boy Volf-raye yulduzlari va OB yulduz yoʻldoshlaridan iborat ulkan ikkilik tizimlaridan rivojlanib chiqqan, yulduz shamollarining toʻqnashuvi natijasida paydo boʻlgan boʻlishi mumkin. Shunday qilib, Somon yoʻlida joylashgan Volf-raye yulduzlari turkumi, toʻqnashuvchi shamollar va halqasimon chang tumanliklari boʻlgan ikkilik tizimlar koinotda chang hosil boʻlishi va yulduzlararo muhitning kimyoviy boyish jarayonlarini oʻrganishdagi qiziq tabiiy laboratoriyalar boʻlib xizmat qiladi.
NOIRLab markazi xodimi Rayan Lau boshchiligidagi astronomlar jamoasi 2022-yil 8—27-iyul kunlari oraligʻida “Jeyms Uebb” kosmik teleskopining MIRI uskunasi yordamida WR 140 ikkilik tizimi boʻyicha oʻrta infraqizil diapazonda olib borilgan kuzatuvlar tahlili natijalarini eʼlon qildi.
WR 140ʼning ikkilik tizimni qoplab oladigan, yaqindan olingan sunʼiy rangli umumiy tasviri (chapda) va chang halqalari (oʻngda). Barcha tasvirlar MIRI uskunasi yordamida olingan. Rayan M. Lau va boshqalar / Nature Astronomy jurnali, 2022-yil
WR 140 rivojlangan, uglerodga boy, WC7 kichik turiga mansub, 7,93 yilga teng uzoq davrli orbitada joylashgan ulkan Volf-raye yulduzini oʻz ichiga olgan boʻlib, u O5,5fc spektrli yulduz bilan birgalikda ikkilik tizimni tashkil qiladi. Tizim Yerdan 5,3 ming yorugʻlik yili uzoqlikda joylashgan va Volf-rayening yulduz shamoli yoʻldosh yulduzniki bilan siqilganida bir necha oy davomida tadrijiy ravishda chang hosil qiladi.
Ikkilik tizimni oʻrab turgan va kuzatuv maʼlumotlarini eng yaxshi tavsiflovchi chang tumanligi modeli bir-birining ichida joylashgan va soʻnggi 130 yil ichida hosil boʻlgan kamida 17 ta, koʻpi bilan 20 ta chang halqasidan iborat. Boshqa turdagi teleskoplar bilan olib borilgan oldingi kuzatuvlar faqatgina ikkita chang halqasini ajratib koʻrsata olishi mumkin edi.
MIRI yordamida kuzatilgan WR 140 chang qobigʻining bir qatlamli geometrik modeli. Rayan M. Lau va boshqalar / Nature Astronomy jurnali, 2022-yil
Spektroskopik kuzatuv maʼlumotlari chang tarkibida uglerod molekulalari, xususan, tizimning xavflarga boy muhitida omon qolgan polisiklik xushboʻy uglevodorodlar mavjudligini tasdiqlash imkonini berdi. Shunday qilib, WR 140 kabi ikkilik tizimlar hayotning dastlabki bosqichida galaktikalarning yulduzlararo muhitida organik birikmalar va uglerodli changning dastlabki dominant manbai sifatida koʻrib chiqilishi mumkin.
Muallif: Ilya Beniya. Ushbu maqola nplus1.ru saytidagi “«Джеймс Уэбб» рассмотрел систему из множества пылевых колец вокруг звезды Вольфа-Райе” nomli maqolaning tarjimasi.
Muqova surat: “Jeyms Uebb” yordamida olingan WR-140 tizimining rangli tasviri / NASA, ESA, CSA, STScI, JPL-Caltech
Boshqa mavzular
“Jeyms Uebb” Volf-raye yulduzi atrofidagi ko‘plab chang halqalari tizimini tadqiq qildi