JEODA haqida

JEODA haqida

JEODA

JEODA (frans. geode) — yumaloq yoki oval shakldagi mineral agregatlar. Choʻkindi togʻ jinslaridagi boʻshliklarni minerallar bilan toʻlishidan hosil boʻladi. Jeodaning koʻndalang kesimi bir necha millimetrdan 1 m gacha va undan kattaroq. Jeoda markaziga tomon minerallar qat-qat joylashib konsentrik qavatlar xosil qiladi (maye, agatlar). Mineral qavatlari rangi va tarkibi bilan bir-biridan farq qiladi. Jeodaning ichidagi boʻsh joylar koʻpincha mineral druzalari bilan toʻladi. Jeodalar yaxshi jilolanadi. Undan bezak buyumlari tayyorlanadi.

Ensiklopediya.uz
JEODA