Jenshen haqida
Jenshen haqida
DO`STLARGA ULASHING:
Sharqda: «Hayvonlar podshosi – yo‘lbars, o‘simliklar podshosi – jenshen», – degan maqol bor. Yo‘lbars haqiqatan ham «hayvonlar podshosi»ga o‘xshaydi, lekin «o‘simliklar podshosi» juda ham ko‘rimsiz. Uning poyasi nimjon, barglari uzunchoq panjasimon, mevasi mayda va bemaza. Ba’zan odam shakliga o‘xshaydigan ildizi esa etli va yo‘g‘on bo‘ladi. Jenshen yig‘uvchilar Uzoq Sharq taygalarida juda qimmatbaho bo‘lgan jenshen ildizini bir necha oylab izlab yurganlar. Ko‘p kishilar taygada halok bo‘lardilar, lekin shunga qaramay bu sehrli ildiz – «o‘simliklar podshosi»ni qidiruvchilarsafikamaymasdi.
«Jenshen» so‘zi xitoychadan tarjima qilinganda «hayot ildizi» degan ma’noni bildiradi. Jenshenning bunday deb atalishi, ildizining shunchalik qimmat bo‘lishi bejiz emas. Jenshenning ildizidan og‘ir kasalliklarni davolaydigan dorilar tayyorlanadi.
Biroq jenshen juda kam uchraydigan o‘simlik, u yil sayin kamayib borardi. Shunda odamlarda jenshenni o‘zlari yetishtirishlari mumkin emasmikan, degan fikr paydo bo‘ldi. Bu ish osonlikcha amalga oshmadi, lekin odamlar bo‘sh kelmadilar, chunki gap minglab bemorlarning hayotini saqlab qolish ustida borardi. Nihoyat odamlar buning uddasidan chiqdilar. Endilikda jenshen ildizini qidirib taygaga borishning hojati yo‘q, kishilar uni maxsus jenshenzorlarda yetishtirishni o‘rganib oldilar. Bunday jenshenzorlar hozir Uzoq Sharq va O‘rta Osiyoda mavjud. Shuningdek, bu o‘simlik Shimoliy Kavkazning tog‘liq rayonlarida, Ukraina va Moldaviya respublikalarida ham o‘stiriladi.
Bolalar ensiklopediyasidan.
Jenshen haqida