JENERAL MOTORS haqida

JENERAL MOTORS haqida

JENERAL MOTORS

«JENERAL MOTORS» (General Motors) — jahondagi avtomobil ishlab chiqaruvchi eng yirik korporatsiya. 1908-y. da tashkil etilgan. «Jeneral Motors» yengil va yuk mashinalari, avtomobil sistemalari, ogʻir yuk mashinalari uchun transmissiyalar, harbiy jihozlar va t. y. lokomativlari loyihalarini yaratadi, ularni ishlab chiqaradi va sotadi. Kompaniya korxonalari AQSHdan tashqari jahondagi 50 dan ortiq mamlakatda joylashgan. Uning mahsulotlari 190 dan ortiq davlatda sotiladi. AQSHda avtomobil i. ch. ning salkam 50%ni, boshqa mamlakatlardagi avtomobillar i. ch. ning 20%ni nazorat qiladi. Yillik savdo hajmi 121,1 mlrd. dollar (jahondagi sanoat kompaniyalari orasida birinchi oʻrinda), sof foydasi 4,9 mlrd. dollar, AKSHning oʻzida 5,1 mln. dona avtomobil ishlab chiqaradi. 766 ming ishchi-xizmatchi band (1980-y. lar oxiri).

«Jeneral Motors» rivojlanish va kengayish dasturini davom ettirib, 1990-y. lar boshidan boshlab kompaniyaning Yevropa boʻlimi Turkiya, Vengriya, Polsha va Tatariston (Rossiya)da avtomobil yigʻuv korxonalarini ishga tushirdi.

Ensiklopediya.uz
JENERAL MOTORS