JEKSON haqida

JEKSON haqida

JEKSON

JEKSON — AQSH jan. dagi shahar, Meksikaboʻyi pasttekisligida, Perl daryosi boʻyida. Missisipi shtatining maʼmuriy markazi va eng katta shahri. Aholisi 196,6 ming kishi (2000; shaxar atrofi bilan birga 400 ming). Transport yoʻllarining muhim tuguni. Q. x. rayonining savdo-moliya markazi. Oziqovqat, oʻrmonchilik, yogʻochsozlik, elektrotexnika, silikat-keramika, mebel sanoati korxonalari, yirik aeroport bor. Avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqariladi. Shaharga 1790-y. da asos solingan.

Ensiklopediya.uz
JEKSON