JAYRANXONA QIRI haqida malumot bilib oling.
JAYRANXONA QIRI — Surxondaryo viloyatidagi qir. Bobotogʻ tizmasining jan.-gʻarbida joylashgan. Eng baland joyi 479 m (Qizilmozor choʻqqisi).
Nisbiy bal. 40—100 m, quruq oʻzanlar b-n parchalangan. Jayranxona qiri neogenning gil, karbonatli va sulfatli jinslaridan tashkil topgan. Yon bagʻirlari eol kumlari bilan qoplangan. Etaklaridagi prolyuvial shleyflarda boʻz qoʻngʻir tuproklar, ayrim joylarda choʻl kum tuproqlari va qumliklar tarqalgan. Boʻzqoʻngʻir tuproqlarda shuvoq, qumliklarda efemer va efemeroidlar, shuningdek, juzgʻun, selin, taroqbosh, astragal oʻsadi.
Ensiklopediya.uz
JAYRANXONA QIRI