Javascriptda boshlang’ich ko’nikmalar — Massiv (2-qisim)

Javascriptda boshlang’ich ko’nikmalar — Massiv (2-qisim)

Javascriptda boshlang'ich ko'nikmalar - Massiv (2-qisim)

Bu maqoladan oldin ushbu maqolani o’qishni tavsiya qilaman.

Push va Pop

push — massiv ohiriga yangi element qo’shish
pop — massivni ohirgi elementini o’chirish

var fruits = ["Apple", "Orange", "Donkey"];
alert(fruits.pop()); // Endi massiv ["Apple","Orange"] qiymatga ega
alert("Massiv uzunligi: "+fruits.length) // 'Donkey' o'chirilgan

var fruits = ["Apple", "Orange"];
fruits.push("Peach"); // endi massiv qiymati: ["Apple", "Orange", "Peach"];
alert("Ohirgi element: "+fruits[fruits.length-1]);
shift va unshift

shift — massivni 1-elementini o’chirish
unshift — massivning boshiga element qo’shish

var fruits = ["Apple", "Orange"];
var apple = fruits.shift(); // massiv qiymati ["Orange"]  
fruits.unshift("Lemon"); // endi esa ["Lemon", "Orange"]
alert(fruits.length); // 2

// bir vaqtni o'zida birqancha element qo'shish va o'chirish mumkin
var fruits = ["Apple"];
fruits.push("Orange","Peach");
fruits.unshift("Pineapple","Lemon"); 
alert(fruits); // ["Pineapple", "Lemon", "Apple", "Orange", "Peach"]

javascriptda boshlangich konikmalar massiv 2 qisim 667a06edac2fb

Yuqoridagi rasmda aytilyaptiki, shift va unshift sekinroq ishlarkan, pop va push tezroq ishlaydi. Sababi massiv boshiga element qo’shilganida yoki o’chirilganda massivning boshqa barcha elementlarining tartib raqami o’zgartirilishi kerak bo’ladi. Shu holat shift/unshift ishlaganda ko’proq vaqt ketadi.

Massiv elemntlarni ochirishning yana quyidagi amallari ishlatiladi:

// trim - qirqish
var arr = [0, 1, 2, 3];
alert(arr[2]); // 2
arr.length = 2; // 2 elentdan keyingi alementlarni o'chirib yuboradi (endilikda massiv: [0,1])
alert(arr[2]); // undefined, chunki 2-elementdan keyingilari ochirildi

var arr = [«Go», «to», «home»];
delete arr[1]; // endi arr = [«Go», undefined, «home»]
alert(arr[1]); // undefined
// delete faqat berilgab elementni o’chiradi, lekin uni massivdagi o’rni saqlanib qoladi.

join va split

join — massiv elementlaridan ‘,’ bilan ajratilgan satr hsil qiladi
split — split satrli o’zgaruchilari bilan ishlatiladi, u satrni berilgan o’zgaruvchi ( odatda yagona simvol bo’ladi, lekin ihtiyorish bir sart ham ishlatish mumkin) bo’yich bo’lak;arga ajratadi, natijada massivni qaytaradi.

var fruits = ["Lemon","Apple","Orange","Peach"];
var str = fruits.join(', ');
alert(str); // Lemon, Apple, Orange, Peach

var fruits = "Apple,Orange,Peach";
var arr = fruits.split(',');
alert(arr); // ["Apple", "Orange", "Peach"]

Ikki O’lchamli massiv

Javascripda ikki o’lchamli massiv ham ishlatilishi mumkin. U bilan ishlash ham juda oddiy.Ikki o’lchamli massivga misol:

var twoDimensional = [[1,2,3],[4,5,6]]

Bu yerda Javascript quyidagidek ishlaydi:

var array1 = [1,2,3];
var array2 = [4,5,6];
var twoDimensional = [array1, array1]

Bu ikkala kodni manosi bir xil. Ikki o’lchamli massivda Amallar ham bir o’lchamli massivnikidek ishlatilishi mumkin. Misol uchun: agarda sizga yuqoridagi massivdan 5 qiymati kerak bo’lsa unda twoDimensional[1][1] deb muroajat qilasiz. 2-qator 2-ustun elementiga muroajat (yoki 2-massivning 2-elementiga muroajat)

Manba:

Umumiy Dasturlash
Javascriptda boshlang’ich ko’nikmalar — Massiv (2-qisim)