JANUBIY XITOY PLATFORMASI haqida
JANUBIY XITOY PLATFORMASI
JANUBIY XITOY PLATFORMASI — tokembriy davri platformasi, Yanszi daryosining kuyi oqimi havzasida joylashgan. Platformadagi anteklizalarda paleozoy yotqiziqlarining gʻilofi saqlangan. Mezozoy erasida kuchli tektonomagmatik faollashish boʻlgan. Janubiy xitoy platformasi. p. Xitoy-Koreya platformasidan Sinlin togʻining burmalangan mintaqasi orqali ajralgan. Janubiy xitoy platformasi. p. ning tokembriy kristalli zamini (gneyslar, metamorfik slaneslar) Yanszi daryosining jan. dagi Xunan va Szyansi provinitsiyalarida yer yuzasiga chiqib qolgan. Janubiy xitoy platformasi. p. ning koʻp qismi kechki proterozoy (siniy yotqiziqlari), paleozoy va trias (dengiz yotqiziqlari: ohaktoshlar, qumtosh, gilli va karbonatli qatlamlar), shuningdek, perm, yura, boʻr davri kontinental koʻmirli yotqiziqlardan iborat choʻkindilar gʻilofidan tashkil topgan. Janubiy xitoy platformasi. p. boʻr davrida shiddatli deformatsiyalangan. Platformaning sharqiy qismidagi granitlarda volfram, qalay, surma, simob va b. konlar, uning choʻkindi gʻilofida esa boksit, temir, marganes, toshkoʻmir, yonuvchi slanes, neft va tuz konlari mavjud.
Ensiklopediya.uz
JANUBIY XITOY PLATFORMASI