JANUBIY ORKNI OROLLARI haqida

JANUBIY ORKNI OROLLARI haqida

JANUBIY ORKNI OROLLARI

JANUBIY ORKNI OROLLARI — Atlantika okeanining jan. qismidagi bir tuda (4ta katta va 40tacha mayda) orol, Antarktikada. Mayd. 621 km2. Yer yuzasi togʻlik (bal. 1266 m gacha), qor va muzlar b-n qoplangan. Oʻsimligi mox va lishayniklardan iborat. Dengiz qushlari va tyulenlar yashaydi. Doimiy axolisi yoʻq. Britaniya va Argentina davlatlariga qarashli ilmiy st-yalar ishlab turibdi. Orol 1821-y. da ingliz va amerikalik sanoatchilar J. Pouell va N. Palmer tomonidan kashf qilingan.

Ensiklopediya.uz
JANUBIY ORKNI OROLLARI