JANUBIY KASPIY NEFT-GAZLI PROVINSIYA haqida

JANUBIY KASPIY NEFT-GAZLI PROVINSIYA haqida

JANUBIY KASPIY NEFT-GAZLI PROVINSIYA

JANUBIY KASPIY NEFT-GAZLI PROVINSIYA — Ozarbayjon, Turkmanistonning gʻarbi va Gruziyaning sharqiy qismi hamda Kaspiy dengizining jan. sohilini egallagan. Janubiy kaspiy neft-gazli provinsiya togʻ oraligʻi botigʻidan iborat boʻlib, jan. da Elburs va gʻarbda Kopetdogʻ tizmalariga tutashgan. Mayd. kariyb 200 ming km2. Turli darajada dislokatsiyalashgan, antiklinal strukturalar hosil qilgan yuqori pliotsendan quyi boʻrgacha boʻlgan yotkiziqlardan tashkil topgan.

Botiqning jan. qismi Kaspiy dengizining jan. sohilida — Eronning shim. da joylashgan boʻlib, shu yerdagi kaynozoy yotqiziklarining koʻp qismida neft-gaz belgilari mavjud. Neft, gaz va asfalt mahsulotlari Ozarbayjonda — Namin, Shakarli, Mirdkamir, Xarvanesi qishloqlari, Eronda — Serob sh. yaqinida, Gilon va Mozandaron ostonalarida, Goʻrgon atrofida. Sanoat ahamiyatiga molik birinchi gaz koni Kaspiy dengizining jan.-sharqiy sohilida topilgan. Gaz uyumi 2000 m chuqurda joylashgan. Janubiy kaspiy neft-gazli provinsiyada 80 dan ortiq neft va gaz konlari topilgan. Asosiy neft konlari: Bolxon-Sabunchi-Romanin, Neft Doshlari, Kyurovdogʻ, Qoʻtirtepa, Qamishlija, Okaram va b.

Ensiklopediya.uz
JANUBIY KASPIY NEFT-GAZLI PROVINSIYA